Salvador Duran




Salvador Duran Sanchez (1985-yil 6-mayda tugʻilgan) — Amlin Aguri jamoasi uchun FIA Formula E chempionatida qatnashgan meksikalik haydovchi. Duran avvalroq A1 Gran-prisi, Formula Renault 3.5 va NASCAR Toyota Series musobaqalarida qatnashgan.

Faoliyati




Mexiko shahrida tugʻilgan Duran oʻz faoliyatini 2002-yilda Skip Barber National musobaqasida 2-oʻrin va Midwestern Champion kubogini qoʻlga kiritish bilan boshlagan. 2003-yilda u Italiyaning Formula Renault musobaqasida 8-oʻrinni va Formula Renault Eurocup musobaqasida 15-oʻrinni egallagan. 2004 va 2005-yillarda u Britaniyaning F3 xalqaro seriyali milliy klassida P1 Motorsport bilan ishtirok etib, 2005-yil klass gʻolibiga aylandi.

Ushbu muvaffaqiyat ortidan u 2005-06-yilgi A1 Gran-pri mavsumiga yozildi va mavsum oxiriga qadar Meksika jamoasi uchun bahslashdi. Shuningdek, Laguna Secada raundining ikkala poygasida ham gʻalaba qozondi.

2006-yilgi Britaniya F3 xalqaro seriyasi uchun Salvador Chempionship klassiga koʻtarildi, Hitech Racing chempionatda oʻninchi oʻrinni egallab, 54 ochko toʻpladi va Silverstoundagi eng yaxshi natijasi bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Keyin u A1 Gran-prisining ikkinchi mavsumiga kirishdi. U shuningdek, jamoadoshlari Juan Pablo Montoya va Scott Pruett bilan birga 2007-yilda 24 soatlik Daytona musobaqasida qatnashdi.

U 2009-yilda Meksikaning A1GP jamoasi uchun musobaqalarda ishtirok eta boshladi, omavsum oxirida Meksika chempionatning eng yaxshi 10 taligiga kirgan. 2010-yilda NASCAR Mexico Series for Citizen-DHL jamoasida ishtirok etgan. Mabsum davomida 3 ta poygadan chetlashtirildi.

2014-yil dekabr oyida Amlin Aguri jamoasi Duranni 2014-yilgi Formula E mavsumining uchinchi bosqichi boʻlgan Urugvaydagi Punta del Este ePrix musobaqasida qatnashishini eʼlon qildi.

2015-16-yilgi Formula E mavsumi uchun Duran Trulli GP bilan shartnoma imzoladi, ammo chempionatning dastlabki uch turidan keyin (ular ishtirok etmagan) jamoa formuladan voz kechgach, Salvador yana Aguri jamoasiga qoʻshildi. Keyingi uchta poygadan soʻng, Parij ePrix musobaqasida Duran oʻrnini xitoylik haydovchi Ma Qing Xua egalladi va u mavsumning qolgan qismida jamoada qoldi.

Natijalar




Umumiy natijalar




Barber Dodge Pro Series




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz