Saluin
Saluin , Saluen (bir.: သံလွင်မြစ်; tibetcha: ནག་ཆུ / NagChu; xitoycha Nutszyan) — Xitoy va Myanmadagi daryo, qisman Myanma bilan Tailand oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Uz. 3200 km, havzasining maydoni 325 ming km². Tangla tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yunnan va Shan togʻliklaridagi chuqur daralarda sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Quyi qismida sohil boʻyi tekisligida oqib, Andaman dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 6700 m³/sek., yozda suvi toshadi. Quyi oqimda kema qatnaydi. Quyilish yerida Molamyayn dengiz porti joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org