Salor mahallasi




Salor mahallasi (Nukus koʻch., 4) — Mirobod tumanidagi mahalla. Oybek, „Movarounnahr“, „Yangi Mirobod“ mahallalari bilan chegaradosh.

Tarixi



1996 yil tashkil etilgan. Tuman hududidan oqib oʻtuvchi Salor kanalining tumanga kirish yoʻli ushbu mahalladan boshlanishi sababli shunday atalgan.

Aholisi



Aholisi 4,5 mingdan ortiq, asosan, ruslar, shuningdek, 16 millat vakillari (o'zbek, turkman, arman va boshqalar) yashaydi.

Binolar



Mahallada 7 koʻcha, temiryoʻlchilar madaniyat saroyi, Temiryoʻl loyixalash instituti, Temiryoʻl muzeyi, Transport prokuraturasi, Respublika teri-tanosil kasalliklari kasalxonasi bor. „Toshkent — Markaziy“ vokzali, Uchqun tikuvchilik sexi, rus xristian sobori, tu­man soliq inspeksiyasi, tuman bandlikka koʻmaklashuvchi markazi, Milliy bank Toshkent viloyati boʻlimi, Sanoat qurilish banki tuman boʻlimi, Aviakassa, „Istiqlol“ supermarketi, 2 ta goʻzallik saloni, 1-stomatologiya poliklinikasi, harbiy doʻkon, oziq-ovqat doʻkonlari va boshqalar joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz