Salomat Vafo




Salomat Vafo (asl ismi: Salomat Vapaeva ; 1962-yil 20-yanvar, Shovot, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi va jurnalist. Adiba 2004-yili „Paxta ishi“ koʻrsatuvi uchun „Eng buyuk va eng aziz“ yillik mukofoti bilan taqdirlangan.

Tarjimai holi



Salomat Vafo 1962-yil 20-yanvarda Xorazm viloyati, Shovot tumani Choʻqli qishlogʻida tugʻilgan. 1984-yil Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetining kechki boʻlimini tugatgan.

Faoliyati



1987—1997-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi.

1997—2009-yillarda Oʻzbekiston radio-televidenie kompaniyasi, „Siyosat“ studiyai, Oliy Majlis faoliyati, katta redaktor, siyosiy sharhlovchi, „YoshlarTV“, „Davr“ axborot dasturi, redaktor.

2015-yildan to hozirgacha www.nurzamon.uz saytining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.

Asarlari



Adiba „Farida“, „Oʻzini izlayotgan ayol“, „Koʻngil farishtasi“, „Tilsim saltanati“, „Ovorani koʻrgan kechirganlari“, „Qora beva“, „Nomsiz kema“, „9/1“(ingliz tilida), „A nameless ship collection of short story“ „Unutılan kadın“ turk tilida. „Dunyoning siri“ kabi asarlari muallifidir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz