SALOM (SALAM) ABDUS
SALOM (SALAM) ABDUS (1926.29.1, Jxang) — pokistonlik nazariyotchi fizik, London Qirollik jamiyati a’zosi (1959 yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1951). 1951-54 yillarda Lohurdagi kollej professor, 1957 yildan London universiteti professor 1964 yildan Triest (Italiya) dagi Xalqaro nazariy fizika markazi direktori. Asosiy ilmiy ishlari maydonlar nazariyasi, gravitatsiya va elementar zarralarga oid. Elektromagnit va kuchsiz o’zaro ta’sirlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti Laureati (1979; Sh. Gleshou va A. Vaynberg bilan hamkorlikda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz