Salohiddinov Husniddin Qozoqovich




Husniddin Qozoqovich Salohiddinov (1914.1.12 — Toshkent — 2004.16.3) — nevropatolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1959). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1939), shu institut nerv kasalliklari kafedrasi assistenti (1941—50), dotsenti (1951—57), Andijon tibbiyot instituti nerv kasalliklari kafedrasi mudiri (1958-yildan). Ilmiy ishlari periferik nerv ustunlarining vegetativ kasalliklari, shuningdek, orka miyadagi turli patologik jarayonlarda yuraktomir sistemasi funksional faoliyatining oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz