Salohiddin Asamov




Salohiddin Asamov ( 1930-yil Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tavallud topgan — 1997-yil vafot etgan ) — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. 1956-yildan KPSS (b) aʼzosi. „Nishon“ davlat naslchilik zavodi direktori, Toshkent viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Boysun tuman qoʻmitasi 1-kotibi, Gʻuzor hududiy ishlab chiqarish kollektivi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining 1-oʻrinbosari.

Hayoti va faoliyati



1930-yilda Oʻzbekiston hozirgi Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tugʻilgan. Millati oʻzbek.

Mehnat faoliyatini 1955-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda boshlagan. 1955—1988-yillarda sovxoz chorvachilik boʻyicha bosh mutaxassis, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani „Nishon“ davlat naslchilik zavodi direktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Boysun tuman qoʻmitasi 1-kotibi, Gʻuzor hududiy ishlab chiqarish kollektivi boshligʻi boʻlib ishlagan.

Keyinchalik fermer xoʻjaligi va sovxoz boʻlimi raisi, Samarqand QVP ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasi 1-kotibi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining 1-oʻrinbosari, Toshkent viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini targʻib qilish va joriy etish boshqarmasi boshligʻi, Qorakoʻlchilik Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi boʻlib ishlgan. SSSR Oliy Kengashining VII-chaqiriq deputati etib saylangan. Salohiddin Asamov bir necha yillik samarali faoliyati uchun 1971-yil Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi.

Mukofotlari



Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1971-yil);

Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1972-yil);

Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1973-yil).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz