Salma Agha




Salma Agha (urdu: سلما آغا; Karachi, 25-oktabr, 1956-yil, Sindh, Pokistonda tugʻilgan) — 1980-yillar va 1990-yillarning boshlarida Pokiston va Hindiston filmlarida faoliyat yuritgan britaniyalik qo'shiqchi va aktrisa.

Salma Karachi shahrida tugʻilgan hamda Londonda oʻsib ulgʻaygan. Aktrisaga ushbu shaharda hind rejissorlaridan bir nechta filmlar uchun takliflar kelib tushgan. Uning birinchi filmi Nikaah (1982) romantik kartinasi boʻlib, aktrisa ushbu filmda ayol bosh rolni ijro etgan va filmning bir nechta qoʻshiqlarini oʻzi kuylagan.

U oʻsha yili Filmfare mukofotiga „Eng yaxshi ayol roli“ va "Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi " nominatsiyasi uchun nomzod boʻlgan. Aynan ushbu filmdagi qoʻshigʻi uchun Salma Filmfare eng yaxshi ayol ijrosi mukofotini qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, Mithun Chakraborty ishtirok etgan Kasam Paida Karne Wale Ki (1984) filmidagi roli va oʻsha filmdagi „Come Closer“ qoʻshigʻi bilan tanilgan.

Shaxsiy hayoti



Salma Agha Pokistonning Sindh viloyati Karachi shahrida Liaqat Gul Agha va uning rafiqasi Nasreen Agha oilasida tugʻilib oʻsgan. Liaqat Gul Agha gilam sotuvchi savdogar boʻlib, Sharqiy Panjob shtatining Amritsar shahrida joylashgan urdu tilida soʻzlashuvchi Pathan musulmon oilasiga mansub edi. U oʻzining „Aagha“ familiyasining kelib chiqishini shunday izohlaydi: „Otam (Liaqat Gul Tajik) Eronda qimmatbaho toshlar va antiqa buyumlar bilan savdo qilardi. U yerda unga Aagha unvoni berishgan, yaʼni, obroʻli tadbirkorga berilgan ritsarlik unvoni“.

Uning onasi Nasreen (tugʻilgan paytda: Zarina Ghaznavi) pushtun musiqachisi Rafiq Ghaznavi va uning rafiqasi Anwari Bai Begumning qizi boʻlib, u hind kinosining ilk aktrisalaridan biri sifatida Heer Ranjha (1932) filmida bosh rol oʻynagan.

Anwari va Rafiq Ghaznavi Nasrin tugʻilgandan keyin ajralishadi. Keyin Anwari hindistonlik Jugal Kishore Mehra ismli boy hind tadbirkoriga turmushga chiqadi va uning eri Islomni qabul qilib, Ahmad Salmon ismini oladi. Jugal Kishore Mehra Bollywood aktyorlari Raj Kapoor, Shammi Kapoor va Shashi Kapoorning birinchi amakivachchasi edi, chunki ularning onasi Ramsarni Kapur (nisi Mehra) otasining singlisi boʻlgan.

Filmografiyasi




Diskografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz