Sally Helgesen




Sally Helgesen (1948-yil 1-iyulda tugʻilgan) – amerikalik yozuvchi, notiq va yetakchi murabbiyi.

Tarjimai holi



Helgesen Minnesota shtatida tugʻilib, Michigan shtatining Kalamazoo shahrida voyaga yetgan. U Michigan shtat universitetida 1973–1975-yillar ingliz tili va klassik Hunter kollejida bakalavr darajasini olgan va City University of New York (Nyu-York shahar universitet) ning magistratursida tahsil olgan.

Faoliyati



1990-yilda Helgesen "The Female Advantage: Womenʼs Ways of Leadership" kitobini nashr etgan. Bu ilk kitobida ayollar qanday oʻzgarishi va moslashishi kerakligidan koʻra, yetakchi sifatida qanday hissa qoʻshishi kerakligiga eʼtibor qaratilgan. Kitob eng koʻp sotilgan va doimiy ravishda chop etilgan. 1995-yilda Helgesen "The Web of Inclusion: A New Architecture for Building Great Organizations" kitobini nashr etgan, ish muhitida inklyuzivlik tilini ochib berganligi haqida xabar qilingan. Kitob The Wall Street Journal tomonidan yetakchilik haqidagi eng yaxshi kitoblardan biri sifatida baholangan.

2018-yilda hammuallifi Marshall Golsmith bilan birgalikda "How Women Rise" kitobini nashr etgan. Kitobda ayollar muvaffaqiyatiga toʻsqinlik qiladigan 12 ta odat va ularni bartaraf etish yoʻllari oʻrgatilgan. Bu kitob xalqaro bestsellerga aylangan. Helgesen muntazam ravishda butun dunyo boʻylab korporatsiyalar, hamkorlik firmalari va uyushmalari uchun maxsus maʼruzalar, seminarlar oʻtkazgan. Shuningdek, BMT bilan yanada inklyuziv mamlakat ofislarini qurish boʻyicha maslahatlashib, AQSh va xorijdagi bir qator maktab va universitetlarda olim sifatida tashrif buyurgan. Helgesen Global Gurus tomonidan 2019-yil uchun dunyodagi eng yaxshi yetakchi mutaxassislaridan biri deb topilgan. U MEECO murabbiylik konsorsiumining 2018-yilgi Madaniy transformatsiya mukofoti laureati, Nyu-York aʼzosi va Xalqaro Ayollar Forumi aʼzosi boʻlgan.

Yozgan asarlari



Kitoblari




Shaxsiy hayoti



Helgesen Nyu Yorkning Chatham shahrida yashagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz