Salla




Salla (fors. — tugun) — musulmon erkaklarning bosh kiyimi. Sidirgʻa (oq, yashil, kulrang va boshqalar) mato (asosan, doka)dan tayyorlanadi, eni 0,5 metr, uzunligi 1,5—3 metrdan 7 metrgacha oʻlchamda boʻladi. Ayrim manbalarda matoning uzunligi 5 metr bolgani yaxshidir deyilgan. Salla kiyib o'qilgan namoz sallasiz o'qilgan namozdan 70 baravar savobliroq ekani aytilgan. Shuning uchun ham salla o'rashlik musulmon ahliga Payg'ambarimiz Muhammad(sav)dan sunnat bolib qolgan Sallani doʻppi, kuloh, telpak ustidan, ayrim joylarda (Hindiston, Pokiston va boshqalarda) bosh kiyimsiz yalang boshga oʻraladi. Hukmdor, vazir, amaldorlarning unvoni va lavozimiga qarab sallaga qimmatbaho toshlar (gavhar, yoqut va boshqalar), ukpar ham taqilgan. Sallaning oʻramlar soni va oʻralish usuli, matosi diniy mazhablarni hamda kishilarning ijtimoiy mansubligini bildirgan (masalan, said, hojilar yashil rangli salla oʻragan).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz