Salima Asqarova




Salima Asqarova (1922.29.5 – Toshkent – 1997.16.4) – mikrobiolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1982), biol. fanlari doktori (1971), professor (1973). Tolali oʻsimliklar tajri-ba stansiyasi (1956 – 58), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti (1960 – 63) di-rektori, Toshkent viloyati pedagogika instituti rek-tori (1971 – 83), shu institutda biol. kafedrasi mudiri (1983 – 86), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida ilmiy kon-sultant (1988-yildan). Ilmiy ishlari aktinomitsetlarning hayot faoliyatiga, ularning Oʻzbekistonning asosiy tuproqlarida ekologik-geografik tarqalish qonuniyatlarini va aktinomitsetlar-antagonistlar tarqalishining ama-liy muhim xususiyatlarini aniqlashga hamda ularning gʻoʻza kasalliklari (vilt, gommoz, ildiz chirishi va boshqalar)ning qoʻzgʻatuvchilari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganishga bagʻishlangan. Shuhrat medali bilan mukofotlangan (1995).

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz