Salim Mustafoev




Salim Mustafoev (1991-yil 7-mart; Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, "Lokomotiv" klubi (Toshkent) himoyachisi . Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati



Klub



Salim Mustafoyev Samarqandning „Dinamo“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Aynan shu klubda u 2009 yilda professional faoliyatini boshlagan. Mustafoyev „Dinamo“ tarkibida 2012-yilgacha to‘p surgan va shu vaqt ichida 67 ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan. 2013-yilda Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan shartnoma imzolagan va shundan beri ushbu klubda to‘p surmoqda.

Terma jamoada



O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 2014-yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan.

U 2011-yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazgan.

Yutuqlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz