Salem Al-Dawsari




Salem Muhamed al-Dawsari (talaffuzi: Salim al-Davsari; 1991-yil 19-avgustda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni futbolchisi, Al-Hilal va Saudiya Arabistoni terma jamoasida qanot himoyachisi.

Jamoalardagi faoliyati



Al-Dawsari Al-Hilal a yosh futbolchi sifatida qo‘shildi. 2018-yilda Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi va La Liga oʻrtasidagi kelishuv doirasida u Ispaniyaning Villarreal klubiga ijaraga oʻtdi. Salem Ispaniyada bir marta Realga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi, Villareal 2:2 hisobida durang oʻynadi.

24-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Osiyo Chempionlar Ligasi-2019 finalining javob o‘yinida Al-Dawsari jamoasi bilan Urawa Red Diamonds qarshi oʻyinda hisobni ochdi va Al-Hilal umumiy 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi; unvon ularga 2019-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqish imkonini berdi.

Terma jamoadagi faoliyati



Al-Dawsari Saudiya Arabistoni terma jamoasiga JCh-2014 saralash bosqichiga chaqirilgan va 2012-yilda Avstraliyaga qarshi safar o‘yinida xalqaro maydondagi ilk golini urgan edi. 2018-yilning may oyida Salem Saudiya Arabistoni terma jamoasining Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha 2018-yilgi Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibidan joy oldi. 25-iyun kuni Saudiya Arabistoni jahon chempionati guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Misr ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida Al-Dawsari gʻalaba golini urdi.

Shaxsiy hayoti



Al-Dawsarining 2 o‘gay farzandi va o‘zining bir farzandi bor. Eng kattasi Tarfa va uning egizak ukasi Saud, kichigi esa Lama.

Faoliyat statistikasi



Klub




2022-yil 9-iyun kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Ballar va natijalar Saudiya Arabistonining birinchi golini sanab oʻtdi (bitta norasmiy gol kiritilgan).[7]

Yutuqlari



Klubda



Al-Hilal

Individual




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz