Salazar Slytherin
Salazar Slizerin (ing. Salazar Slytherin) – eng buyuk afsungarlardan biri, Hogwarts afsungarlik va sehrgarlik maktabining 4ta asoschilaridan biri. Qora Afsunga qiziqqan, Sehrli Jamiyatning tozaqonligining eng ashaddiy kurashchisi ekanligi bilan tanilgan. Uning sharafiga Hogwartsdagi fakultetlarining biriga Slizerin nomi berilgan. Slizerinning ramzi – yashil fondagi kumushrang Ilon. Ilonlar tilida gaplasha olgan. Mohir
legiliment („legilimensiya“ – boshqalarning fikrini oʻqiy olish qobiliyati). Insonlardagi qatʼiyat, shuhratparastlik, ayyorlik va tozaqonlikni qadrlar edi va shunga tayangan xolda oʻziga oʻquvchi qabul qilar edi. Taqsimlovchi Shlyapaning qoʻshigʻiga koʻra, Slizerin qaysidir botqoqda tugʻilgan (yoki yashagan), umri davomida Godrik Griffindorning eng yaqin doʻsti boʻlgan, ammo oxirida u bilan urishib qolishgan.
Tozaqonlik eng asosiy mezon
Salazar Slizerin tozaqon boʻlmagan afsungarlarni juda ham yomon koʻrgan. Va maktabda faqat, tomirlarida toza Afsungarlarning qoni oqadigan bolalar oʻqishi kerak, maggllarning bolalariga afsunlash ilmining sirlarini ishonib topshirish mumkin emas deb hisoblar edi. Shu mavzuda u har doim boshqa asoschilar bilan janjallashib kelgan va buning natijasida maktabni tark etishga majbur boʻlgan.
Maktabni tark etishi va Maxfiy Hujra
Slizerin, boshqa asoschilar uning fikrlarini qoʻllab quvvatlamaganlari sababdan, maktabni tark etgan. Ketishidan oldin, Hogwartsni tozaqon boʻlmaganlardan himoya qilish uchun qasr ichida Maxfiy Hujra yaratadi va u yerga oʻz monstri – Vasiliskni qoldiradi. Uning vazifasi Hujra ochilganida maktabni tozaqon boʻlmaganlardan „tozalash“ edi. Maxfiy Hujrani koʻp bora qidirishga urinishgan, lekin barcha harakatlar besamar ketgan, buning sababi – Hujrani faqatgina, ilonlar tilida gaplasha oladigan, Slizerinning vorisi ocha oladi.
Slizerin vorislari
Slizerin oilasi ota tomonidan ancha oldin chatishib ketgan. Lekin uning uzoq qarindoshlari boʻlgan Mrakslar oilasi tozaqonlikni saqlagan xolda, XX asr oʻrtalarigacha yashab kelishgan. XVIII asrning boshida bu oilaning vakili boʻlgan Korvin Maks Maxfiy Hujrani Hogwarts yerlari ostida butunlay qolib ketishi uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilgan. Bundan tashqari, Mrakslar oilasi Slizerin artefaktlaridan biri boʻlgan – Medalyonini saqlab kelishgan. Mrakslarning eng soʻngi avlodi – Meropa, goʻyo Slizerin va uning nazariyalariga oʻyin tariqasida qarab magglga turmushga chiqadi. U taqdiriga Slizerinning eng soʻngi mashhur vorisi boʻlish yozilgan oʻgʻil koʻradi va uning ismini
Tom Reddl qoʻyadi.
Hogwartsning atigi 5-sinf oʻquvchisi boʻlib turib, Tom Reddl Maxfiy Hujrani topadi va uni ochib Vasiliskni qoʻyib yuborishga muvaffaq boʻladi. Bu jarayon natijasida maggllar oilasida tugʻilgan Mirtl ismli qizcha vafot etadi. 3-sinf talabasi yarimdev boʻlgan Rubeus Xagrid esa, qotillikda ayblanib maktabdan haydaladi. Qiziq tomoni shuki, hechkimning hayoliga Xagridning aybdorligiga gumon qilish kelmaydi va bu Tom Reddlga kulgili tuyuladi. Chunki, oʻsha vaqtda Xagrid uchun doʻst orttirish qiyinchilik tugʻdirgan va uni himoya qiladigan odam boʻlmagan. Bundan tashqari Xagrid ilontil (ilonlar tilida gaplasha oluvchi) boʻla olmas edi, chunki talaffuzi devqomatlardan ancha yaxshi boʻlgan insonlar uchun ham bu til katta iqtidor talab etardi.
1992-yilda Tom Reddl krestrajlaridan biri boʻlgan, uning kundaligining harakatlari bilan Maxfiy Hujra qayta ochiladi. Griffindor fakulteti talabasi boʻlgan 12 yoshli Garri Potter boshlangan dahshatli voqealarni tugatadi. Garri Potter Maxfiy Hujraga tushib Godrik Griffindorning qilichi bilan Vasiliskni oʻldiradi va uning tishi bilan kundalikni yoʻq qiladi. Slizerinning rejalari barbod boʻlganini koʻrgan Tom Reddl yana Slizerinning „afsun – faqat tozaqonlar uchun“ degan taʼlimotini hayotga tatbiq qilishga urinadi. Ikkinchi afsunlar jangi davomida, u Afsun Vazirligini qoʻlga olishga muvaffaq boʻladi va maggllardan tugʻilgan afsungarlarning koʻplab huquqlarini cheklab qoʻyadi.
Tozaqonli Hogwarts
1997-yilda Salazar Slizerinni hursand qiladigan voqea sodir boʻladi, yaʼni uning avlodi boʻlgan va afsungarlar orasida Lord Voldemort ismi bilan tanilgan, Tom Reddl Afsungarlar orasida va Hogwartsda toʻliq hokimiyatni qoʻliga oladi. Bir yil davomida maggllardan tugʻilgan afsungarlar uchun Hogwarts yopiladi, tozaqonli afsungarlar uchun esa maktabda oʻqish majburiyatga aylanadi.
1998-yili, Tom Reddlning vafoti va Ikkinchi afsunlar jangidan keyin, bu yangi kiritilgan qonunlar oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qiziq Faktlar
Koʻrinishlar
Manbalar
uz.wikipedia.org