Salair Burmalanishi




Salair burmalanishi - kembriy sistemasining oʻrtasidan oxirigacha boʻlgan vaqt mobaynidagi burmalanish, tektonik harakatlar va magmatizmning umumiy faollashgan davri. Sibirdagi Salair kryaji hududida boʻlgan kuzatishlar natijasida rus geologi M.A.Usov tomonidan ajratilgan (1936). Sb. OltoySayan togʻli oʻlkasida, Mongoliya shim. va Baykalortida keng namoyon boʻlgan. Nemis geologi X. Shtille Yevropada Salair burmalanishiga oʻxshash burmalanish davrini ajratgan (Pirenei yarim orolda, Fransiya shim.gʻarbida va boshqalar). Bundan tashqari, Salair burmalanishi Antarktidada (Transantarktika togʻlarining "ross" burmalanishi), Avstraliyaning jan.gʻarbida juda faol boʻlgan. Tektonik-magmatik faollik Afrika-Arabiston platformasining Liviya-Nigeriya va Arabiston-Mozambik mintaqalarida, Janubiy Amerika platformasining gʻarbida, Hindiston platformasining jan. da (jumladan, Shri Lanka va Madagaskar orollarida) kuzatiladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz