Sakshi Tanwar
Sakshi Tanwar (talaffuzi: Sakshi Tanvar) - hind aktrisasi va teleboshlovchisi. U "Kahaani Ghar Ghar Kii" va "Bade Achhe Lagte Hain" televizion shoulardagi faoliyati bilan tanilgan. 2016-yilda u Aamir Khan bosh rolni ijro etgan "Dangal" filmida rol o'ynadi.
Yoshlik yillari
Sakshi Tanwar 1973-yil 12-yanvarda Hindistonning Rojasthon shtatidagi Alvar shahrida o'rta sinf, Rajputlar oilasida tug'ilgan. Uning otasi iste'fodagi CBI ofitseri Rajendra Singh Tanwar hisoblanadi. Sakshi Tanwar Nyu-Delidagi Lady Shri Ram kollejida ta'lim olgan. 1990-yilda universitetga o'qishga kirgunicha u besh yulduzli mehmonxonada ishlagan. Kollejda o'qib yurgan paytda u talabalar tomonidan tuzilgan drama jamiyatining kotibi va prezidenti bo'lgan. O'qishni tamomlagandan so'ng, xizmatlar va ommaviy kommunikatsiyalar ma'muriyatiga ishga kirish testlariga tayyorgarlik ko'rayotganda, 1998-yilda "Doordarshan" milliy teleradiokompaniyasining "Albela Sur Mela" dasturiga boshlovchi bo'lib ishga olinadi.
Faoliyati
1998-yilda Albela Sur Mela bilan televideniyadagi katta debyutidan so'ng, Tanwar "Kahaani Ghar Ghar Kii" serialidagi Parvati Agarwal roli bilan shuhrat qozondi. 2011 va 2014-yillar oralig'ida u Bade Achhe Lagte Hain Ram Kapurga qarshi Priya Kapur rolini o'ynadi. 2012-yil dekabr oyida u Kaun Banega Crorepati realiti-shousida uchinchi marta ishtirok etdi.
2016-yilgi “Dangal” filmida Tanwar sobiq kurashchi Mahavir Singx Phogat(bu obrazni Amir Khan o'ynaga)ning rafiqasi Daya Kaur rolini oʻynadi. U rolida oʻz qizlarini hayot qiyinchiliklariga qaramasdan jahon miqyosidagi kurashchilar qilib tarbiyalaydi. Sakshi Tanwar 2018-yil fevral oyida Epic Channel tomonidan birinchi marta efirga uzatilgan "Tyohaar Ki Thaali" nomli ko'rsatuvidagi ishtiroki bilan televideniyaga qaytdi.
Manoj Bajpayee, Neena Gupta va Sakshi Tanvar yaqinlashib kelayotgan "Dial 100" triller filmi uchun hamkorlik qilishgan.
Shaxsiy hayoti
2018-yilda Sakshi toʻqqiz oylik bo'lgan Dityaa Tanwar ismli qizaloqni asrab olib, yolgʻiz ona boʻldi.
Filmografiyasi
Televideniyada va seriyallarda
Filmlar
Veb-seriya
Mukofotlar va e'tirof
E'tiroflar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org