Saklar




Saklar — Saka (qadimiy forscha: Saka; Xarojiy: Saka, qadimiy misrcha: sk, sꜣg; xitoycha: 塞, qadimiy *Sək, zamonaviy Sè, Sāi),(qadimiy yunon Sákai; lotincha: Sacae) — Yevroosiyo materikining shimoli va Tarim havzasida yashagan qadimiy turkiy xalqlarga mansub chorvador xalq.

Arxeologik adabiyotlarda bu davr "Ilk temir davri", "Ilk koʻchmanchilar davri", "Saklar davri" sifatida maʼlum. Gerodotning yozishiga qaraganda, Yevrosiyo choʻllarining koʻchmanchilar dunyosi shimoliy va sharqiy Qora dengiz boʻyi qabilalaridan birining nomi bilan skuda keyinroq skolotlar deb atalgan. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar.

Arxeologik materiallar tahliliga koʻra, miloddan avval 8—2-asrlarda Xitoyning Xuanxe daryosidan to Dunaygacha kenglikda yashagan dasht qabilalariga tegishli "hayvon tasvirlari uslubi"da ishlangan noyob sanʼat asarlari skif sanʼati, skif madaniyati nomi bilan mashqur. Mana shu dasht aholisi — Saklarning kundalik turmush tarzi, qurolyarogʻ va ot anjomlarining tipi, skiflarga xos kiyimkechak va uyroʻzgʻor asbobuskunalari juda birbiriga oʻxshashki, bu yaqinlik skif-saklar etnomadaniy hayotining tub maʼno va mazmunini tashkil etadi. Ahamoniy hukmdorlarining Bihistun kitobalarida Sirdaryo ortidagi qabilalar Saklar deb atalgan. Gerodot, "Tarix" asarida "forslar barcha skiflarni Saklar deb ataydilar" deb yozadi. Podsho Doroning Naqshi Rustam yozuvida Saklar "Paradraya", ("Tiaytaradarayya", yaʼni dengiz ortidagi Saklar) deb tilga olingan. "Sak" atamasi aslida manbalarda axomaniylargacha maʼlum. Mas, Ossuriya poytaxtidagi Ishtar ibodatxonasini qazish vaqtida marmar taxtaga podsho Ashshurbanipal (miloddan avval 669—631) yozdirgan xat topilgan. Xatda kimmeriylar va ularning sardori Tugdammani Kilikiyadagi jangda halok boʻlgani, uni Saklar podshosi ekanligi eslatiladi. Bihistun kitobalarining Akkadcha nusxasida forslar oʻzlariga yaqin qoʻshnilari Saklarni "kimmeriylar" atamasi bilan tilga oladi. Manbalar tahlilidan tarixiy xulosa shuki, sak va kimmeriylarning birlashgan qoʻshinlari ittifoqi asosida tashkil topgan bu yangi siyosiy kuch qaysi bir yetakchi qabila nomi bilan atalmasin, manbalarda ularning jangovar koʻchmanchi oriylar ekanligi koʻzda tutilgan. Qadimiy tarixda Saklar dovrugʻining boshlanishi miloddan avval 8—7-asrlarda kimmeriy va skif qabilalarining Qora dengiz boʻylari va Old Osiyoga yurishi davrida yuz berdi. Uning davomi Amu va Sirdaryo orti Sini axomaniy podsholari Kir II va Doro bilan boʻlgan jangu jadallarida namoyon boʻldi. Xuddi mana shu voqealar asnosida Saklarning vatani, hayoti va urfodatlari, urugʻaymoqlari va ularning shimoliy va sharqiy qoʻshnilari haqida dastlabki maʼlumotlar paydo boʻldi. Tarixchi Elian (3-asr) Saklarda bir odat borligini, unga koʻra uylanishni istagan kishi qiz bilan yer ostidagi binoda qolib bellashishi lozimligi, agar qizni yengolmasa, u qizning asiri boʻlib qolishi haqida maʼlumot beradi. Sak ayollari erkaklar bilan bir qatorda janglarda ishtirok etishgan. Ular yovni aldash uchun yolgʻondan qochishga, xuddi erkaklardek ot ustida chopib keta turib orqalariga oʻgirilib kamondan oʻq otishga mohir boʻlishgan.

Tigraxauda ("Choʻqqi qalpoqli" yoki "kamondan oʻq otuvchi") Si bilan jangga kirishda Doro katta suvdan kema va sollar yordamida suzib oʻtganligi haqida hikoya qiladi, tadqiqotchilar katta suv — bu Sirdaryo boʻlishi kerak deb taxmin qiladilar. Doroning tilla va kumush taxtachalarga yozdirib qoldirgan tarixiy lavhalarida Doro saltanatining shim.sharqiy chegarasi sugʻdlar mamlakatining ortidagi Saklar yurti deyilgan. Demak, Saklar mamlakati sugʻd yerlaridan Sirdaryo orqali ajralgan. Doro va uning vorisi Kserks (miloddan avval 486—464-yil) lavhalarida axomaniylarga tobe yana bir sak qabila ittifoqi tilga olinadi, ular xaumavarka (muqaddas xaoma ichimligi ichuvchi) Saklari boʻlib, ular egallagan yurtlar "MixrYashta" madhiyalariga koʻra, Fargʻona vodiysi va Sharqiy Turkistonga toʻgʻri keladi. Kserksning Persepolʼ lavhalarida tigraxauda va xaumavarka Si bilan bir qatorda ularga qardosh va tiddosh dahlar haqida ran boradi. Axomaniy yozuvlarida Erondan sharkda boshqa sak qabilalari haqida xabar uchramaydi. Ammo, yunonrim muarrixlari Saklarning boshqa turlari haqida koʻp maʼlumotlar qoldirgan. Mas, Gerodot ortokaribant Si (uchli qalpokli Saklar), amyurgiya ("daryo orti") Saklar i va daxlar haqida soʻz yuritadi. Adabiyotlarda ularning birinchilarini axomaniylarning tigraxauda va xaumavarka Si bilan oʻxshashligi taʼkidlanadi. Fanda bu masalada turlicha qarashlar mavjud. Masalan, A. Xerman va boshqa Litvinskiylar, yunon mualliflari tigraxauda Sini massagetlar ittifoqi bilan bir ekanligini taxmin qilsalar, Saklar G. Klyashtorniy Arrianta iqtibos qilib, massagetlarni daxlar bilan bir xalq deb taʼkidlaydi. Arrian miloddan avval 4-asrda daxlar Tanais ortida, yaʼni Sirdaryo ortida va Tanais boʻylab yashaganligini qayd qilib oʻtadi. Arrian massagetlarni aynan skifsak ekanligini Spshpamen kurashlari munosabati bilan yaxshi baholagan. Arrian uchun massagetlar Amudaryoning chal soxilida istiqomat qiluvchi nochor qabila jamoalari edi, Sugʻd bilan gʻarbiy chegaradosh edi. Daxlar esa, aksincha, Sugʻdiyonaning shimoliy sharqiy qoʻshnisi, Tanais (Sirdaryo) vodiysining aholisi edi. Arrian dahlarni sovutlarga oʻralgan jangovar suvoriy jangchilar, Doro harbiy yurishlarining saralangan otliq askarlari sifatida taʼriflaydi. Demak, massagetlar chorvador Saklarning kambagʻal qatlamini tashkil etea, daxlar ularning badavlat kashami — oriylari edi. Gerodotning yozishicha, Saklar askarlarining boshlarida qalin kigizdan tikilgan, choʻqqi qalpoklari boʻlgan. Ular sak oʻq yoylari, kalta qilichlar (akinaklar), oyboltalar (sagariylar) bilan qurollanganlar. Saklar oʻzlarining harbiy mahoratlari, asosan, oʻq yey otishga ustaliklari bilan dong chiqarganlar. Qadimiy dunyo muarrixlari Saklar ni dunyodagi eng mohir merganlar deb taʼriflashgan. Miloddan avval 238-yilda dah qabilalaridan biri parnlar Parfiya davlatini tuzgan. Arxeolog K. Akishev Markaziy Qozogʻistonda oʻrgangan "Tasmoʻla madaniyati" sak qabila ittifoqiga kiruvchi issedonlarta tegishli ekanligini yozadi.

Miloddan avval 2-asrdan boshlab Saklarning turli qabilalari jan.ga (Hindiston va Eron) siljib YunonBaqtriya podsholigini tormor etishda qatnashgan. Eronda Saklar qadimiy Drangʻiyona viloyatida, Hamun koʻli atrofiga joylashishgan, bu yer Sakaston — Saklar mamlakati, keyinchalik Seyiston, Siston deb atalgan. Hindistonning shim.gʻarbida, Gandhara viloyatida ular mil.av. taxminan 1-asrda olimlar tomonidan Hindsak davlati deb atalgan siyosiy birlashma barpo etishgan, bu davlatga mansub tangalar topilgan. Davlat asoschisi podshoh Maues boʻlib, uning vorislari Az, Azilis kabi ismga ega boʻlishgan. Hindsak davlati hindparfyan sulolasi tomonidan bosib olingan, keyinchalik Kushon podsholigita qoʻshib yuborilgan. Hind yozma manbalarida sak etnonimi shaka sifatida berilgan, Hindistonda Shaka erasi mavjud boʻlgani maʼlum. Xitoy yozma manbalarida Saklar se xalqi deb qayd etilgan. Saklar astasekin Hindiston, Eron, Oʻrta Osiyodagi xalqlar, qabilalar tarkibiga singib ketganlar.

Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston sak qabilalari madaniyati haqidagi maʼlumotlar arxeologik tadqiqotlar tufayli qoʻlga kiritilgan. Masalan, Ili vodiysida oʻrganilgan Besshatir yoki Tagisken va Issiq qoʻrgʻonlari, Sirdaryoning quyi havzasida oʻrganilgan Uygarak qoʻrgʻonlari, Yettisuv vodiysining sakaraukiylari (sakaravllar yoxud sakaravaklar) va boshqa Xullas, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarida, asosan, chorvachilik xoʻjaligi bilan shugʻullangan dashtlilar Saklar etnosini tashkil etgan. Oʻz davrida sugʻdlarning bobokalonlari ham Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi Saklari boʻlgan. Massagetlar esa xorazmiylarning bobokalonlari edi. Avestoda tilga olingan turlar Turon zaminning Si boʻlganligi shubqasiz. Shuningdek, Qozogʻiston Saklarining bobokalonlari Andronovo madaniyati aholisi (oriylar, daxlar va Avestodagi turlar) boʻlgan.

"Saklar" atamasi "Saxa" koʻrinishida Saxa Respublikasining rasmiy nomida saqlangan.

Adabiyot




Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Saklar — eramizdan avvalgi milodiy II asrning boshlarida Markaziy Osiyodan hududlariga tarqalgan qadimiy turkiy yoki iraniy kelib chiqishga ega bo‘lgan ko‘chmanchi qabilalar guruhidir. Tarixiy manbalarda ularni ko‘plab qadimgi yozma manbalarda uchratish mumkin, jumladan yunon, rim va xitoy manbalarida.

Saklar Markaziy Osiyoda, ayniqsa hozirgi Qozog‘iston va Qirg‘iziston hududlarida yashagan. Ular ko‘chmanchi boqiylik hayot tarziga ega bo‘lib, uning asosiy faoliyati ot minish, ov va harbiy yurishlar edi. Saklar o‘zlarining harbiy mahorati va tez ot minish qobiliyati bilan ajralib turardi. Ular ko‘pincha ko‘chmanchi jamiyatlarning savdo va madaniy almashinuvida muhim rol o‘ynagan.

Tarixda Saklar shuningdek, Skiflar nomi bilan ham yuritiladi. Skiflar yunon tarixchilarining yozuvlarida Saklarning sinonimi sifatida ishlatilgan. Ular eramizdan avvalgi VIII–IV asrlarda Xorazm, Sirdaryo, Amudaryo dengizlari atrofi va Volga daryosi sohillariga yaqin hududlarda yashaganlar.

Saklarning madaniyati boy va rang-barang bo‘lib, ular o‘zlarining infloratsion san’ati, temir ishlash texnologiyalari va haykalchalar yaratishda yuqori darajada rivojlangan edilar. Ulardan ba'zilari qadimgi Hun imperiyasining tarkibiga kirganligi aytiladi.

Saklar turkiy xalqlarning ajdodlari hisoblanishi mumkin bo‘lsa-da, ularning aniq kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud. Ba'zi manbalarda ular iran tilli xalq bo‘lgani, boshqalarida esa turkiy tilga yaqin bo‘lganligi aytiladi.

Bugungi kunda Saklarning madaniy meroslari Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida arkeologik qazishmalarda va tarixiy tadqiqotlarda o‘rganilmoqda. Saklarning qadimiy san’at asarlari, qurollari va hayot tarziga oid qoldiqlar ularning qadimgi jamiyatdagi o‘rni va hayoti haqida qimmatli ma’lumot beradi.

Umuman olganda, Saklar Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan qadimiy ko‘chmanchi xalqlardan biridir.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz