Sakkulina




Sakkulina (Sacculina carcini) -umurtqasiz hayvonlarning ildizboshlilar kenja turkumiga mansub parazit dengiz hayvoni. Gavdasi xaltacha koʻrinishida boʻlib, ildizsimon oʻsiqlari bor. Bu oʻsiqlar krab tanasiga teshib kiradi. S. tuxumidan olti oyokli lichinkalar — nauplius rivojlanadi. Lichinkalar 4—5 kundan soʻng ikki tavaqali chiganoqqa oʻraladi va parazit hayot kechirishga oʻtadi. Bu vaqtda ular tana va chigʻanogʻini tashlab yuboradi. Qolgan bosh qismi krabga oʻsib kiradi va undan voyaga yetgan germafrodit (qarang Germadrofitizm) individ rivojlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz