Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi
Sakkizinchi Oʻgʻil? Qoʻysangizlarchi (yaponcha: って、それはないでしょう!) - 2020-yilda yaponiyalik rejissyor Tatsuo Miura boshchiligida Shin-Ei Animation va SynergySP studiyalari hamkorligida yaratilgan anime. Ushbu anime drama, sarguzasht, fentezi
va ekshen janirlarida yaratilgan boʻlib, shu nomdagi 2015-yildan chop etila boshlagan mangaga asoslanadi.
Manga
"Sakkizinchi Oʻgʻil? Qoʻysangizlarchi" – mangasi va anime serialidan oldin shu nomdagi romanga yaratilgan boʻladi. Uni Shōsetsuka ni Naro havaskorlar onlayn jurnalida 2013-yilning iyunidan 2017-yilning martigacha boʻlgan davirda nashr etib borishadi. Roman mualliflari shu jurnal foydalanuvchilari YA va Fujichoko hisoblanadi. YA tahalusda ijod etgan yozuvchi boʻlib romani soʻzlarini yozgan, Fujichoko esa roman rasimlarini chizgan. Keyinchalik Media Factory nashri romanga egalik huquqini sotib oladi va 2014-yil aprel oyidan oʻzining MF Books jurnalida birinchi jildini chop etadi. 2015-yilda Kadakova Shoten nashriyotining Comic Walker veb-sayti orqali roman manga koʻrinishida taqdim etiladi. 2023-yil yanvarida oʻn ikkinchi tankobon jildi chiqariladi.
Anime
Media Factory studiyasi "Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi" animesi yaratilishini 2018-yilning 14-dekabirida e'lon qildi. Anime yaratilgach 2018-yilning 2-aprelidan 18-iyuniga qadar Yaponiyaning Tokyo MX, BS11 va AT-X telekanallarida namoish etilgan. Tatsuo Miura rejissorlik qilgan anime ssenariysini Takeshi Miyamoto yozgan bo'lsa, Minako Seki musiqalarini bastalagan.
Mazmuni
Oddiy ofis ishchisi Shingo Ichinomiya zamonaviy Yaponiyada yashar edi. Yolgʻizlikda yashovchi 25-yoshli yigit ishdan qaytib oʻzi uchun ovqat tayyorlashni boshlaydi. Taomlanishga oʻtirgan chogʻi birdan koʻzi ilinib uhlab qoladi va ajoyib tush koʻradi. Oʻrta asirlar yevropasidagi bazimda 5 yoshli bola tanasida uygʻongan Shingo buni ajoyib tush deb oʻylaydi. U uygʻonishga harakat qiladi lekin barbir tushi davom etadi. Keyin voqealar borgan sari reallashadi va bu uning haqiqiy oʻngi ekanligini tushunadi. Maʼlum boʻlishicha Shingo boshqa olamda, nochorlashib qolgan asilzodalar oilasi aʼzosi boʻlib oilaning eng kenja, sakkizinchi oʻgʻli boʻladi. Uni bu olamdagi ismi Vendelin fon Benno Baumeyster ekanligi va boshqa onalardan yana yettita akasi borligi juda hayratga soladi. Bu olam qonunlariga muofiq barcha merosga katta oʻgʻil Kurut egalik qilgani uchun Vendelinning qolgan oltita akasi voyaga yetib uyni tark etadi, u esa ulgʻayguniga qadar qasrda yashashi mumkin edi. Vendelin otasining kutubxonasidagi sehirni aniqlovchi kitobdan oʻzining sehirgarlik qobilyati borligini aniqlaydi. Bir kuni oʻrmonda rezavorlar terib yurganda Alferd Reinford isimli sehirgarga duch keladi va uning bu olamdagi sarguzashtlari boshlanadi.
Ovoz bergan aktyorlar
"Sakkizinchi O'g'il? Qo'ysangizlarchi" animesining yapon va ingliz tillarida quydagi aktyorlar ovoz bergan.
Anime o'zbek tiliga ham yarjima qilingan bo'lib 13 yoshdan katta tomoshabinlar ko'rishi tavfsiya etiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org