Saki Kumagai
Saki Kumagai (yapon. 熊谷 紗希 1990-yil 17-oktabrda tugʻilgan) — yaponiyalik futbolchi, Germaniyaning Bavariya klubi va Yaponiya terma jamoasida oʻynaydi. U asosan yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, ammo asosiy ampulasi markaziy himoyachi hisoblanadi.
Kumagai Sharqiy Osiyoning klub va xalqaro miqyosdagi eng muvaffaqiyatli futbolchilaridan biri. 2020-yilga kelib, u bitta Jahon kubogi, yettita Fransiya milliy chempioni, beshta Yevropa kubogi va bitta Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Klubdagi Karyera
Kumagai 1990-yil 17-oktabrda Sapporoda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, u 2009-yilda Urava Reds jamoasiga qoʻshildi. Klub 2009-yilgi mavsumda L.Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2011-yilning iyul oyida u Germaniya Bundesligasining Frankfurt klubiga oʻtdi. Ikki mavsumdan soʻng u 2013-yil iyun oyida birinchi divizion Fransiyaning Olimpik Lion ayollar klubiga oʻtdi.
2021-yil aprel oyida Kumagai 8 mavsumdan soʻng Lionni tark etishini eʼlon qildi. Keyingi oy, 2021-yil 12-may kuni Kumagai Nemis Bundesligaga qaytadi, Bavariya uni mavsumdagi ilk transferi deb eʼlon qildi va Kumagai faoliyatini myunxenliklar safida davom ettirdi.
Terma jamoadagi karyera
2008-yil 7-mart kuni Kumagai 17 yoshda boʻlganida Yaponiya terma jamoasi tarjibida Kanada terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvini oʻtkazdi. Avgust oyida Kumagai 2008-yilgi 20-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun Yaponiyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasidan chaqiruv oldi. 2010-yilda u U-20 Yaponiya terma jamoasida 2010-yilda boʻlib oʻtgan U-20 Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida sardor sifatida oʻynagan. 2011-yilda u Yaponiyaning Jahon kubogi gʻolibi jamoasi tarkibida boʻlib, finalda AQShga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan penaltini amalga oshirdi. U 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2015-yilgi Jahon Chempionatlari uchun ham jamoada edi. Yaponiya ikkala musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. 2017-yilning yanvarida menejer Asako Takakura uni Yaponiya terma jamoasi sardori etib tayinladi. 2018-yilda Yaponiya OFK Osiyo Kubogida gʻolib chiqdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2019-yil 10-noyabr kuni Kumagai Yaponiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Janubiy Afrikaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻzining oʻrtoqlik oʻyinlaridagi ilk golini kiritdi.
Karyera statistikasi
Klubdagi statistika
30-Iyul 2021-yil[9]
Xalqaro maydonda urgan gollari
Yutuqlar
Klub
Urawa Reds Lyon International
Yaponiya
Chempion: 2018
Kumush medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari
Chempion: 2011 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati
2-oʻrin: 2015 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati
Oltin medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari
Chempion: 2010 EAFF Ayollar oʻrtasida futbol chempionati
Chempion: 2009 AFC U-19 Ayollar oʻrtasida chempionat
Shaxsiy
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org