Sakatekas





Sakatekas — Meksikaning markaziy qismidagi shtat. Maydoni 75 ming km². Aholisi 1,3 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Sakatekas sh. S. Meksika togʻligida joylashgan. Iklimi togʻtropik, quruq iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 9—25°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Kserofit oʻsimliklar oʻsadi. Xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Mevazorlar bor. Togʻ etaklarida chorvachilik rivojlangan. Polimetall ruda konlari bor. Rangli metallurgiya, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari ishlab turibdi. S. orqali Mexiko shahrini mamlakatning shim. shtatlari bilan bogʻlovchi temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz