Sakahogi (Gifu, qishloq)
Shirakava (yaponcha: 白川村 Shirakava-mura?) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Ono tumanida joylashgan qishloq. U Gassho-zukuri deb nomlanuvchi qurilish uslubini namoyish etuvchi kichik, anʼanaviy qishloq Shirakava-goning maskani ekanligi bilan mashhur. Toyamaning Nanto shahridagi Gokayama bilan birgalikda, YuNESKOning Jahon merosi obyektlaridan biri sifatida kiritilgan.
2019-yil 1-yanvar holatiga koʻra, qishloqda hisob-kitoblarga koʻra 588 xonadonda 1630 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 4,6 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 356,55 km2 (137,66 mil²) ga teng.
Geografiyasi
Shirakava togʻ qishlogʻi boʻlib, Gifu prefekturasining uzoq shimolida joylashgan, Ryohaku togʻlari bilan oʻralgan hamda, Ishikava prefekturasi va Toyama prefekturasi bilan chegaradosh. Hakusan togʻi bu hududning eng baland joyi boʻlib, uning balandligi — 2,172 metr (7,126 ft) ga teng. Qishloq hududining 95,7 foizini togʻli oʻrmonlardan tashkil topgan va uning tik joylari xavflidir. Togʻlar orasidan shimolda Nantogacha davom etadigan Sho daryosi oqib oʻtadi. Aholining asosiy qismi daryo vodiysida joylashgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Iqlimi
Shirakava qishlogʻi nam kontinental iqlimga ega (Koppen Dfa). U toʻrt xil faslni oʻzida namoyish etadi, qish esa eng ajoyib tarzda kechadi. Shirakava Yaponiyadagi eng qorli joylardan biri sifatida qayd etilgan. Yillik qor miqdori oʻrtacha 10 metrdan (415,4"), qor qatlamlari esa 2 metrdan oshadi. Tez-tez yogʻadigan kuchli qor natijasida, xarakterli qalin somonli tomli gazshō-zukuri (合掌造り) uylari paydo boʻldi. Hakusan milliy bogʻi togʻ tizmalari fonida bu joylar asosiy sayyohlik joylari hisoblanadi.
Demografiyasi
Yaponiyadagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Shirakava aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida kamaygan, 2000-yilga kelib kichik oʻsish darajasi kuzatildi.
Tarixi
Shirakava atrofidagi hudud anʼanaviy Hida viloyatining bir qismi boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Ono tumani tarkibida tashkil etildi. Shirakava qishlogʻi 1897-yil 1-iyulda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil topgan.
Iqtisodiyoti
Mahalliy iqtisodiyotda mavsumiy turizm kuchli ustunlik qiladi. Gazsho-zukuri qishloqlarini koʻrish uchun kelgan sayyohlar daromadi evaziga qishloqning moliyaviy ahvoli ancha yaxshilanadi, qishloq YUNESKO obyektiga aylanganidan soʻng turistlar oqimi yanada oshgan. Biroq, tashrif buyuruvchilar sonining ortib borayotgani ifloslanishdan hududga zarar yetkaza boshladi. Mahalliy aholi oʻz uylarini yotoqxonalar, sovgʻalar doʻkonlari va toʻxtash joylariga aylantira boshladi va bu oʻz navbatida uning Jahon merosi maqomiga darz ketishiga sabab boʻlmoqda. Shuningdek, sayyohlarga xizmat koʻrsatishni oʻzgartirish hududning soddaligi va asosiy yapon manzarasining jozibasiga ham zarar yetkazishi mumkinligi haqida qoʻrquv yuzaga kelmoqda.
Taʼlim tizimi
Shirakavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta umumiy boshlangʻich/oʻrta maktab mavjud. Shahar qishlogʻida yuqori maktab mavjud emas.
Transport
Temir yoʻl
Magistral yoʻl
Qardosh shahar munosabatlari
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Galereya
Avtobus xizmati
Jahon merosi obyekti avtobusi ushbu kompaniya tomonidan Takaoka stansiyasidan (Toyama) Shin-Takaoka stansiyasi orqali boshqariladi.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
Andoza:World Heritage Sites in Japan
uz.wikipedia.org