Sajda oyatlari
Sajda oyatlari - Qurʼoni Karimda kelgan baʼzi oyatlarning oxirida belgini koʻrganda tilovat sajdasi qilinadigan oyatlar. Qurʼoni Karimning 14 ta surasida sajda oyatlari keladi.
Sajda oyatlari
1. Aʼrof surasining 206- oyati
2. Raʼd surasining 15- oyati
3. Nahl surasining 49- oyati
4. Isro surasining 109- oyati
5. Maryam surasining 58- oyati
6. Haj surasining 18- 77 [1]oyati
7. Furqon surasining 60- oyati
8. Naml surasining 26- oyati
9. Sajda surasining 15- oyati
10. Sod surasining 24- oyati
11. Fussilat surasining 37- oyati
12. Najm surasining 62- oyati
13. Inshiqoq surasining 21- oyati
14. Iqroʼ surasining 19 oyati
Sajda oyatlaridagi belgining koʻrinishi
http://imon.uz/uploads/news-441.jpg
Qoʻshimcha maʼlumot
Ushbu sanab oʻtilgan oyatlar hanafiy mazhabi boʻyicha belgilangan oyatlardir. Musxaflarda bunga qoʻshimcha olaroq, Imom Shofeʼiy mazhabi boʻyicha eʼtibor qilingan Haj surasining 77¹- oyati ham belgilanadi. Biroq , bunda ham boshqa sajda oyatlarida nima qilish kerak boʻlsa, shunday qilinadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org