Sajʼ
Sajʼ (arab. — qumri, bulbul, toʻtilarning sayrashi) — badiiy soʻz sanʼatlaridan biri: bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlarning vazn yoki raviyda (yoki har ikkalasida) mos kelishi. S. sanʼati dastlab xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, keyinchalik yozma adabiyotga oʻtgan. S. oʻzbek xalq ertaklari, dostoy va maqolparsa koʻp uchraydi. Sajlangan matn ravon oʻqiladi, ohangdorlik va kuchli emotsionallik tugʻdiradi, kishi xotirasida mustahkam saqlanib qoladi. S. sanʼati ishlatilgan nasr — nasri musajjaʼ, nazm esa nazmi musajjaʼ deb yuritiladi. S. tuzilishi jihatidan 3 xil boʻladi: 1. Toʻliq S. (mutavoziy S.) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar vaznda hamda raviyda mos boʻladi. Masalan, "Jallodlar soʻyib qoʻymasin, tezroq borib kulidan olinglar, zindonga solinglar" ("Ravshan"). 2. Qofiyali S. (mutarraf S.) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar raviyda mos boʻlib, vaznda teng boʻlmaydi. Mas, "Zoti bemadoro, dimogʻi poʻlod va koʻngli xoro" ("Mahbub ulqulub"). 3. Vazndosh S. (mutavozin S.) — bir yoki bir necha gapdagi ayrim soʻzlar hamvazn boʻlib, raviyda mos boʻlmaydi. Masalan, "Avbosh va areol musulmonlaridin alargʻa ne maosh va ne hisol" ("Mahbub ulqulub").
S. shoxlarning saroy yozishmalari, tarixiy, ilmiy va badiiy nasrda ham qoʻllanilgan. Mumtoz adabiyotda Navoiy, Bobur, Gulxaniy kabi sanʼatkorlar Sdan unumli foydalanishgan. Navoiy oʻzbek nasrida S. sanʼatini eng yuqori choʻqqiga koʻtardi. Oʻzbek adabiyotida Hamza, Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek va boshqa ijodida ham S. namunalari bor.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Sajʼ – arab adabiyotida ishlatiladigan sheʼriy shakl bo‘lib, u ritmik va ohangdor proza san'ati yoki ritmik proza deb taʼriflanadi. Sajʼ odatda qisqa satrlar yoki gaplardan iborat bo‘lib, ular ohang va ritm orqali o‘ziga xos maʼno va go‘zallikni yaratadi. Bu shakl ayniqsa arab va fors adabiyotida keng tarqalgan.
Sajʼ asosan diniy, falsafiy, axloqiy va ma’rifiy mazmundagi asarlarda qo‘llaniladi. U qadimiy arablar orasida paydo bo‘lgan va so‘z sanʼati, og‘zaki ijodning muhim shakli sifatida qadrlangan. Sajʼda gaplar bir-biriga ohangdor bog‘lanadi, bu esa uni oson eshitiladigan va yodda qoladigan qilib beradi.
Sajʼning asosiy xususiyatlari:
- Ohangdorlik: Suhbat yoki matn ohangdor va ritmik tarzda tashkil etiladi.
- Qisqa gaplar: Matn qisqa jumlalar yoki gaplardan iborat.
- Ma’noni tashkillashtirish: Sajʼ orqali din, axloq yoki hayotiy haqiqatlar aniq va ta’sirli yetkaziladi.
- Yodda qolish: Takrorlanish va ritm tufayli matn yodda saqlash uchun qulay bo‘ladi.
Misol uchun, Qur’onda sajʼga yaqin ohangdor proza mavjud bo‘lib, u matnga o‘zining noyob badiiy ta’sirini beradi. Shu sababdan sajʼ nafaqat adabiyotda, balki diniy matnlarda ham muhim o‘rin tutadi.
Umuman olganda, sajʼ arab xalqlari adabiy merosining ajralmas qismidir va o‘zining ritmik, go‘zal ohangi bilan tinglovchilarni o‘ziga jalb qiladi.