Saitama Stadium 2002




Turkum:Stadionlar

Saitama Stadium 2002 (yaponcha: 埼玉スタジアム2002, Saitama Sutajiamu Nimarumaruni), koʻpincha Saitama Stadium (yaponcha: 埼玉スタジアム, Saitama Sutajiamu) yoki oddiy qilib Saisuta (yaponcha: 埼スタ) deya ataluvchi futbol stadioni Yaponiyadagi Saitama prefekturasi, Saitama, Midori-kuda joylashgan.

Hozirda J1 League musobaqasining Urawa Red Diamonds klubining uy oʻyinlari stadioni hisoblanadi. Ushbu oʻyingoh Yaponiyadagi eng katta stadion va Osiyodagi eng katta stadionlardan biri sanaladi.

Stadion 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati yarim finaliga, 2020-yilgi Yozgi olimpiya oʻyinlarining futbol musobaqasiga mezbonlik qilgan.

Saitama Stadium 2002 stadionidan, shuningdek, deyarli har bir FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlarida Yaponiya milliy futbol jamoasining uy stadioni sifatida ham foydalaniladi.

Joylashuv



Stadion Saitama temiryoʻlining Urawa-Misono bekatidan 15-20 daqiqalik piyoda yoʻl masofasida joylashgan.

Tarixi



Stadion Azusa Sekkei tomonidan 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun qurilgan, qurilish 2001-yil sentabr oyida yakunlangan. Stadion 63,700 kishini sigʻdiradi, biroq alohida sabablarga koʻra, liga oʻyinlarida 62,300 kishini qabul qiladi.

Saitama stadionida 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatining toʻrt oʻyini boʻlib oʻtgan, jumladan, Yaponiya milliy terma jamoasining Belgiya milliy terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyiniga mezbonlik qilgan.

2005- va 2007-yillar oraligʻida Urawa Red Diamondsning mahalliy derbi raqibi Omiya Ardija oʻz uyi Omiya Park futbol stadioni kengaytirilganligi sababli Urava Komaba jamoasi bilan birga bu yerda oʻz oʻyinlarini oʻtkazib turgan.

2002-yilgi FIFA Jahon chempionati



Stadion 2002-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladigan joylardan biri boʻlgan va quyidagi oʻyinlarni oʻtkazgan:

Xususiyatlar




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz