Saisenbako




Saisenbako - sintoiylik ibodatxonasida joylashgan ehson qutisi. U, ustki qismida panjarasi bor bo‘lgan, to‘rt burchakli quti. Mazkur qutiga tanga tashlab ehson qilish, shaxsiy tilaklarni ijobat bo‘lishini kamidan so‘ragani ibodatxonaga muntazam kelmaydigan ziyoratchilarga joriy qilingan. Ehson qilish vazifasi qolgan ziyoratchilarga ixtiyoriy hisoblanadi. Tarixda tangalar o‘rniga guruch ehson qilish urf bo‘lgan. Ziyoratchilarda guruchni qog‘ozga o‘ragan holda kami huzuriga tashlab ehson qilish (sanmai udumi) yoki guruchni kami huzurida sochib tashlash (ohineri) kabi udumlar mavjud bo‘lgan. Biroq, bu an’ana guruchni aqcha bilan almashtirilgandan so‘ng, yo‘qolib ketgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz