Saint-John Perse




Senjon Pers (Saint-John Perse) [taxallusi; asl ism-sharifi Aleksi Leje (Leger)] (1887.31.5, Gvadelupa 1975.20.9, Jyen, Var departamenta) — fransuz shoiri. Bordo universitetini tugatgan (1914). Qarshilik koʻrsatish harakatining yirik vakillaridan. Ilk sheʼriy toʻplami — "Eklogalar" (sheʼriy dialog, 1910). Tabiat olami, milliy anʼanalar, umuminsoniy maʼnaviy qadriyatlar haqida kuylagan ("Anabasis" dostoni, 1924). "Quvgʻun" (1942), "Shamollar" (1946) sheʼriy turkumlari va "Yoʻnalish" (1957), "Qushlar" (1963) dostonlarida vatanparvarlik ruhi kuchli. Nobel mukofoti laureati (1960).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz