Saidov Timur
Timur Sharifovich Saidov sharqshunos va diplamat, O'zbekiston Resbuplikasining Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor vakili. Hayoti va faoliyati
1951-yil 13-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1969-yilda Toshkent Davlat universitetining Sharq fakultetida arab tilini o‘rgana boshladi. 1974-yilda universitetni tamomlagach, armiyaga chaqirilib, Turkmanistonda arab tilidan tarjimonlik qilgan. Shundan so‘ng 1976-1978 yillarda Liviya Arab Respublikasida tarjimon bo‘lib ishlagan. T. Saidov 1978-1984 yillarda Toshkent Davlat universiteti katta o‘qituvchisi, Toshkent shahar ijroiya komiteti qoshidagi xorijiy talabalar ishlash Kengashning ma'sul kotibi muovini lavozimlarida ishlagan.
1984 yilda T. Saidov Moskvaga ishlash uchun yuborilgan. U yerda bir yil diplomatik akademiyada tahsil oldi va SSSR Tashqi ishlar vazirligiga ishga ketdi. 1988-1991 yillarda T. Saidov SSSRning Daniya Hoshimiylar Qirolligidagi elchixonasida, keyin Moskvada (1991-1992) SSSR Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi, 1993-1994-yillarda esa Davlat protokoli byurosi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
1994 yil dekabr oyida Timur Saidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor vakili etib tayinlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org