Saidov Rustam To'xtasinovich




Rustam Toʻxtasinovich Saidov (6-fevral 1978, Dushanba) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1999). „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). 91 kg dan yuqori vaznda Oʻzbekiston chempioni (1999-2002), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1999, Bishkek; 2003, Dushanba) gʻolibi, Osiyo chempioni (1999, Toshkent; 2002, Serembran; 2004, Puerto-Prinsessa), Osiyo oʻyinlari gʻolibi (2002, Pusan), jahon chempionati (2003, Bangkok) va olimpiada (2002, Sidney) bronza medali sovrindori. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (2003). Chirchiq shahri ichki ishlar boʻlimida ishlaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz