SAIDOV RUSTAM TO’XTASINOVICH



SAIDOV RUSTAM TO’XTASINOVICH (1978.6.2, Dushanba) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1999). “O’zbekiston iftixori” (2001). 91 kilogrammdan yuqori vaznda O’zbekiston chempioni (1999— 2002), Markaziy Osiyo o’yinlari (1999, Bishkek; 2003, Dushanba) g’olibi, Osiyo chempioni (1999, Toshkent; 2002, Serembran; 2004, Puerto-Printsessa), Osiyo o’yinlari g’olibi (2002, Pusan), jahon chempionati (2003, Bangkok) va Olimpiada (2002, Sidney) bronza medali sovrindori. O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (2003). Chirchiq shahri ichki ishlar bo’limida ishlaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz