Saidoqil Saidxo‘jayev
Saidoqil Saidxonovich Saidxoʻjayev (1894- yil 7-may, Toshkent, Rossiya imperiyasi - 1968- yil 10-dekabr) — oʻzbek muhandisi, quruvchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Energetika institutining birinchi direktori. Urushdan keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarida uning ismi koʻproq Saidxoʻjayev Saidoqil Saidovich deb koʻp bora tilga olingan. Oʻzbekistonning birinchi energetik muhandisi sifatida yodga olinadi.
Tarjimai hol
Saidoqil Saidxoʻjayev 1904—1906-yillarda Toshkentdagi rus millatiga mansub maktabda tahsil olgan.
U 1927-yilda Moskvadagi Plexanov nomli Xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.
U 1933-yilda Boshgidroenergetika tizimida ish boshlagan, 1936-yilgacha boshliq va bosh muhandis lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 1933-yildan —1937-yilgacha u Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Kengashining qarori bilan bir vaqtning oʻzida “Burjarqurilish” (Burdjar GES qurilishi) boshligʻi va bosh muhandisi etib tayinlangan.
Saidxoʻjayev 1937—1940 yillarda Oqtepa GESi qurilishiga boshchilik qilgan va 1943-yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Saidoqil Saidxoʻjayev 1951-yildan TIQXMMI (Toshkent irrigasiya va qioʻloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti)da faoliyat yuritgan. 1964-yilda “Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi” unvoni beriladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org