Saidjamshid Jafarov




Saidjamshid Jafarov (oʻzbekcha: Saidjamshid Jafarov 1999-yil 16-yanvar,Buxoro, Buxoro viloyati) — oʻzbekistonlik bokschi. Boks boʻyicha oʻrta vazn toifasida xalqaro turnirlarda qatnashmoqda. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, jahon chempionati kumush medali sovrindori (Boks bo‘yicha jahon chempionati 2023-yil), ikki karra Osiyo chempioni (2021—2022-yillar), ikki karra O‘zbekiston chempioni (2020—2021-yillar), xalqaro va milliy havaskorlar turnirlarining koʻp karra gʻolibi va sovrindori.

Hayoti



Saidjamshid Jafarov 1999-yil 16-yanvarda Buxoroda tavallud topgan.Saidjamshid Jafarovning murabbiylari Hamza Avezov va Ravshan Xodjayev.Buxoro boks maktabida tahsil olgan va Buxoro Olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan. Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti talabasi va boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 30-iyun yoshlar kunida „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Havaskor natijalari



2020—2021-yillar



2020-yil noyabr oyida boks boʻyicha 75 kg vazn toifasida finalda tajribali Aslonov, Odiljon Obidovichni magʻlub etib, Oʻzbekiston chempioni boʻldi.

Boks bo‘yicha 2021-yil may oyida Dubayda (BAA) 75 kg vazn toifasida Boks bo‘yicha 2021-yilgi Osiyo chempionati gʻolib bo‘ldi.Qozog'istonda boʻlib oʻtgan bahsda Amanqul Abilxon Bekmuratovichni bahsli tarzda magʻlub etdi.

2021-yil noyabr oyi boshida Belgradda (Serbiya) Boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida ishtirok etdi. Saidjamshid Jafarov Boks bo‘yicha 2021-yilgi jahon chempionatida 75 kg gacha vazn toifasida musobaqaning 1/32 finalida slovakiyalik Lukas Fernecni ochkolar bo‘yicha (5:0) mag‘lub etdi va 1-musobaqaning 16 finalida ochkolar boʻyicha (5:0) Yaponiyalik Yuito Morivakiga magʻlub boʻldi. 1/8 finalda ochkolar bo‘yicha (5:0) Ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadeni mag‘lub etdi. Saidjamshid Jafarov ammo chorak finalda ochkolar boʻyicha bahisda (2:3) bilan Tailanda Weerapon Jongjoho bokschisiga yutqazdi.

2021-yilning dekabr oyida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn toifasida finalda Abdulaziz Abdupattayevni mag‘lub etib, yana O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.

2021-yil Belgradda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov Slovakiyalik Fernezaga qarshi ringga chiqdi va raqibi ustidan gʻalaba qozondi.

2022—2023-yillar




2022-yil noyabr oyida boks boʻyicha Osiyo chempioni Amman (Iordaniya)da 75 kg vazn toifasida tajribali Qozogʻistonlik Rayssni magʻlub etidi.

2022-yil 12-noyabr kuni Boks bo‘yicha Osiyo chempionati boʻyicha final janglarda 75 kg vazn toifasida bokschimiz Saidjamshid Jafarov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2022-yil dekabr oyida 75 kilogram vazn bilan Saijmshid Jafarov Osiyo chempionati finalida Qozog‘istonlik Nurkanat Rayisga qarshi jangda raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi va ikki karra Osiyo chempioniga aylandi.

2022-yil 11-dekabr Abu-Dabi (BAA)da, III Global Boks Forumi yakunida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi IBA Chempionlar kechasi turnirida, 2021-yilgi jahon chempioni kubalik bokschi Hernandez Yoenlisga 5 raundlik jangda bo‘linish qarori bilan mag‘lub bo‘ldi.

2022-yil Iordaniyada oʻtkazilgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Saidjamshid Jafarov 75 kg vazn bilan Tojikistonlik Abdumalik Boltaev bilan ringga chiqdi va 5:0 hisobida raqibi ustidan gʻalaba qozondi.

2023-yil fevral oyida boks boʻyicha Sofiyada boʻlib oʻtgan vakillik xalqaro Stranja Cupda 71 kg gacha vazn toifasida gʻolib boʻldi va yarim finalda armaniyalik Daniya Nikolay Terteryanni magʻlub etdi.Finalda esa tajribali turk Tugrulxon Erdemir ustidan gʻalaba qozondi.

2023-yil 5-fevralda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 75 kg vazn bilan Saidjamshid Jafarov Mozambilik raqibini magʻlub etdi.

2023-yil O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatidagi final bahsda Saidjamshid Jafarov Qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga magʻlub boʻlib kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2023-yil 12-may kuni Toshkent mezbonligidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg bilan Braziliyalik Vanderson De-Oliveyraga qarshi bahsning yarim finalida jang qildi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etdi.

2023-yil Toshkentda erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov −71 kg vazn bilan Meksikalik Alonso Verdega bahsga tushdi va 4:1 hisobida raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi.

2023-yil boks boʻyicha Rossiyaning Kaspiysk shahrida Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga boks boʻyicha boʻlib oʻtgan jangda Buxorolik bokschimiz Saidjamshid Jafarov −75 kg vazn bilan Rossiyalik Ramazan Saaduevga qarshi jangda raqibini magʻlub etib g‘alabaga qozondi va kumush medal bilan taqdirlandi.

2023-yil Toshkentda bosk boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Saidjamshid Jafarov Rossiyalik Igor Sviridchenkovni −71 kg vazn toifasida magʻlub etib gʻalaba qozondi.

2023-yil may oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yana bir bor Buxorolik bokischimiz Saidjamshid Jafarov −71 kg vaznda Mozambiklik Osorio Muhanga ustidan g‘alaba qozonib chempionatning keyingi bosqichiga yoʻl oladi.

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz