Saidbekov Amirali




Amirali Saidbekov (1920.15.5, Fargʻona viloyati Rishton tumani – 1945.8.4, Polsha, Ribnik shahri) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1939–40 yillardagi Sovet-Finlandiya urushi qatnashchisi. 1941-yil iyundan 325-gvardiyachi oʻqchi polkning rota komandiri, gvardiyachi katta leytenant. 1945-yil 8 aprelda boʻlgan jangda marrani mohirlik bilan saqlab, jasorat koʻrsatgan va shu jangda halok boʻlgan. 1945-yil 29 iyunda (oʻlimidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Fargʻonadagi koʻchalardan biri uning nomi bilan atalgan. Rishton tumanidagi Sarikanda qishlogʻida yodgorlik oʻrnatilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz