Said-Azim Oripov
Said-Azim Oripov — 1949-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1972-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-arabshunos, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
1972 — 1975-yillarda YAARda harbiy tarjimon; 1975 — 1977-yillarda Toshkent bojxonasida inspektor; 1977 — 1982-yillarda Suriya Arab Respublikasining Yefrat toʻgʻoni qurilishida bosh tarjimon; 1983 — 1985-yillarda Toshkent bojxonasida bosh inspektor va boʻlim boshligʻi; 1985 — 1987-yillarda SSSRning Yaman XDR dagi savdo vakolatxonasida bosh tarjimon; 1987 — 1989-yillarda OʻzR bojxonasida bosh nozir, boʻlim boshligʻi; 1989 — 1991-yillarda boshliq muovini. 1991 — 2002-yillarda OʻzR Bojxona Qoʻmitasi raisi, Raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari. 2002 — 2003-yil Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona kolleji boshligʻi. 2003-2014-yillar Davlat bojxona qoʻmitasi Oliy harbiy bojxona instituti „Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan boshqarish“ kafedrasi boshligʻi.
Ilmiy yoʻnalishi — Moliya, pul va kredit munosabatlari, Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. „Shuhrat“ medali (1998), „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi“ faxriy unvoni (2002), „Butunjahon bojxona tashkiloti tashkil topganligining 50 yilligi“ medali bilan mukofotlangan. Bojxona xizmati general-mayori maxsus unvoniga ega.
Asosiy ilmiy ishlari :
Nomz. diss. mavzusi: „Tashqi savdoni bojxona toʻlovlari orqali tartibga solishni takomillashtirish“. — Toshkent, 2009.
1. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilayotgan bojxona siyosati // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2004. — B.32 — 34. — A.Aliyev bilan hammualliflikda.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona bojlaridan foydalanish // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. — Toshkent, 2004. — B.26 — 28. -A.Aliyev bilan hammualliflikda.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta nazoratini kuchaytirish choralari // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. — B.20 — 22.
4. Bojxona toʻlovlari va ularning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi oʻrni // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. — B.35 — 39. — F.Yuldashev bilan hammualliflikda.
5. Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda erkin iqtisodiy hududlarning roli // OʻzR DBQ, OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. B.50 — 53.- D.Yusupov bilan hammualliflikda.
6. „Tashqi savdoni boj tarifi orqali boshqarish“ hamda „valyuta nazorati“ fanlarini oʻqitishning samaradorligini oshirishning ayrim muammolari // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2005. — B.146 — 148.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona toʻlovlari // Iqtisodiyot va taʼlim. - Toshkent, 2006. — B.151 — 155.
8. Intellektual mulk muhofazasi // Jamiyat va boshqaruv. — Toshkent, 2006. — B.30 — 32.
9. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatda bojxona xizmatining oʻrni // Bozor, pul va kredit. — Toshkent, 2006. — B.58 — 60.
10. Chlenstvo stran s perexodnoy ekonomikoy vo Vsemirnoy Torgovoy organizatsii. — Sankt Peterburg, 2006. — S. 20 — 23. — v soavt. s L.Pulatovoy.
11. Bojxona xizmatining davlat byudjeti daromad qismini toʻldirishdagi oʻrni va bojxona qonunchiligini takomillashtirishdagi ayrim muammolar // OʻzR DBQ, OʻzR Oliy majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, „Iqtisodiy integratsiyani jadallashtirish sharoitida bojxona siyosatining qonunchilik bazasini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari“ mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. — Toshkent, 2006. — B.10 — 18.
12. Puti realizatsii tamojennogo regulirovaniya VED v Respublike Uzbekistan // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Tashkent, 2006. — S.48-52. — v soavt. s D. I. Makarovim, D. B. Pak.
13.Chet el investitsiyalari va ularga nisbatan bojxona imtiyozlarini qoʻllashning ayrim muammolari // OHBI Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. — Toshkent, 2006. — B.65 — 69. — D.Yusupov bilan hammualliflikda.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org