Saidahmad Vasliy Samarqandiy
Saidahmad Vasliy Samarqandiy (1869–1925) — 19-asrning ikkinchi yarmi va 20-asrning boshlari Samarqand adabiy muhitiga mansub ijodkor. Muallimlik qilgan. Vasliy oʻzbek, arab va fors tillarida darsliklar tuzgan. Vasliy shu tillarda birday ijod ham qilgan. Forsiydagi „Armugʻoni doʻston“, oʻzbekchadagi „Devoni turkiy“ kabi devonlar, „Nazmus silsila“ (forscha), „Adab ud-din“ (oʻzbekcha) sheʼriy asarlar, tilshunoslikka oid „Muqaddimai sarfu nahvu arabi ham namunai sarfu nahvu forsiy“ kitobi mashhurdir.
Vasliy publitsist sifatida oʻz davri matbuotida ijtimoiy-maʼrifiy mavzularda koʻplab chiqishlar qilgan.
Adabiyot
Manbalar
uz.wikipedia.org