Saidahmad Rahimov




Saidahmad Boʻriyevich Rahimov  — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2005—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi.

Biografiyasi



Maʼlumoti



Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati



1989—1993-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti assistenti, katta oʻqituvchisi.

1993—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Valyuta-iqtisod bosh boshqarmasi tahlil boʻlimi boshligʻi, pul-kredit siyosati boshqarmasi tahlil markazi boshligʻi, kreditni tartibga solish boshqarmasi boshligʻi.

1995-1997 — „Oʻzuyjoyjamgʻarmabank“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktorining oʻrinbosari.

1997-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

2000-2002 — "Asaka" davlat aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.

2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi.

2003-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi.

2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2005-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki boshqaruvi raisi hamda bank homiyligidagi "NBU-Osiyo" futbol klubi Prezidenti.

2015-yildan — Shanxay hamkorlik tashkiloti Banklararo birlashmasi kengashi raisi.

Oilasi



Oilali, uch nafar farzandi bor.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz