Said Vasliy
Said Vasliy (1870-yil, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1925-yil 29-oktyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – zullisonayn shoir.
Biografiyasi
Said Vasliy 1870-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatidagi „Qoʻshhovuz“ mahallasida temirchi oilasida tugʻilgan. U Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlaridagi madrasalarida tahsil olgan. Toshkentda madrasada oʻqigan paytida Furqat va Muqimiy kabi shoirlar bilan yaqindan tanishadi va ularning tajribasini oʻrganadi. Madrasalarda tahsil olib qaytgandan soʻng, Buxoroda va Samarqandda arab tili grammatikasidan dars bergan. Said Vasliyning tojik millatiga mansub insonlar uchun „Nafttolib“ nomli arab tili grammatikasini oʻz ichiga olgan kitobi chop etildi. Said Vasliy nafaqat tojikcha, balki oʻzbek tilida ham ijod qilgan. Uning „Vatan“ nomli sheʼri quyidagicha:
Said Vasliy 1918-yildan 1922-yilgacha „Mirzo Ulugʻbek madrasasi“da toʻgarak ochib, bolalarni madrasa taʼlimiga tayyorlagan. Vasliyning o‘ttizga yaqin asari bo‘lib, undan 16 tasi bosma shaklida bizgacha yetib kelgan. Qolganlari qo‘lyozma holicha qolgan, ba’zilari haligacha topilmagan. Uning birinchi devoni “Armug‘oni do‘ston” nomi bilan 1909-yilda tojik tilida Samarqandda nashr etilgan. Ikkinchi devoni - “Tuhfatul ahbobi Vasliy” 1912-yilda Toshkent shahrida o‘zbek tilida bosilib chiqqan. Uchinchi devoni “Devoni avoxiril umr” deb nomlangan bo‘lib, unda shoirning inqilobdan keyingi ijodi jamlangan. U tarjima faoliyati bilan ham shugʻullangan, Muhammad Husayn al-Hanafiy Tolibi Buvariyning „Meboyad did“ asarini 1912-yil forschadan „Boqmoq kerak“ nomi bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Said Vasliy 1925-yil 29-oktyabr kuni Samarqand shahrida vafot etdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org