Said Toʻlaganov




Said Abdunasirovich Toʻlaganov (1982-yil 25-martda Toshkentda tugʻilgan) — Rossiya va oʻzbekistonlik jurnalist, kinorejissyor, prodyuser, ssenariynavis, aktyor va teleboshlovchi. Said Oʻzbekistondagi TBLD, Repost, The Mag, For Him va boshqa bir qancha yetakchi nashrlarning sharhlovchisi.

Biografiyasi



Toshkent shahridagi 64 va 110- son umumtaʼlim maktablarida tahsil olgan. 1999-yilda 110-maktabning 11-sinfini tamomlagan.

Maktabni tugatgach, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining „Xalqaro iqtisodiy munosabatlar“ fakultetiga oʻqishga kirgan. 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2011-yilda Oʻzbekiston-Yaponiya Markazi (UJC) qoshidagi PMP (Professional Management Programme) kursiga oʻqishga kirgan. 2011-yilda UJCni PMP-17 (A-2) guruhini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.

2018-yilda Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat institutining „Kino va televideniye direktori“ yoʻnalishiga oʻqishga kirgan.

2020-yilda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining prodyuserlik fakultetiga oʻqishga kirgan.

Shaxsiy hayoti



Birinchi ayoli — Zarema Tagirovna Gubaydulina, filolog.

Ikkinchi ayoli — Anna Aleksandrovna Petrenko, arxitektor.

OAVda yoritilgan tanlangan reportajlari:



Sayohatchi va teleboshlovchi Said Toʻlaganov Oʻzbekistondagi eng goʻzal beshta togʻ koʻlini (Wayback Machine saytida 2022-04-28 sanasida arxivlangan) — TBLD.uz nashridagi maqola

Sayohatchi Said Toʻlaganov Tavaksoy sharsharasining goʻzalligi haqida soʻzlab berdi (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — TBLD.uz nashridagi maqola

„Gruziya yoki Qozogʻistonga borishning maʼnosi yoʻq“, — sayohatchi va teleboshlovchi Said Toʻlaganov Amirsay haqida (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — TBLD.uz nashridagi maqola

Oskar boʻlmaydi (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — TBLD.uz nashridagi maqola

„Oʻzbekistonda xorijlik kamdan-kam uchraydigan hodisa“, sayyoh mamlakatda turizm rivoji haqida — REPOST.uz nashridagi maqola

Fargʻona vodiysidagi odamlar yashamaydigan orollari boʻlgan ulkan Rezaksoy koʻli — REPOST.uz nashridagi maqola

Markaziy Osiyoning eng yaxshi 3 kanyoni — REPOST.uz nashridagi maqola

Dunyo boʻylab sayohat qilish. (Wayback Machine saytida 2022-05-18 sanasida arxivlangan) Orzular, matonat va sevgi haqida hikoyalar (Wayback Machine saytida 2022-05-18 sanasida arxivlangan) — TheMag.uz nashridagi maqola

„Taraqqiyot“ birinchi respublika koʻrik-tanlovi gʻolibi bilan suhbat (Wayback Machine saytida 2022-05-18 sanasida arxivlangan) — TheMag.uz nashridagi maqola

Buyuk kelajak: Oʻzbekistonni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasi (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — TheMag.uz nashridagi maqola

Chegarasiz mototsikl sayohatchilari (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — TheMag.uz nashridagi maqola

Ishtirokchilar va tashkilotchilardan birinchi Toshkent yarim marafoni haqidagi faktlar (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — TheMag.uz nashridagi maqola

Samarqandda birinchi xayriya yarim marafoni qanday oʻtdi (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — TheMag.uz nashridagi maqola

Buyuk kelajak: Oʻzbekistonning 2035-yilgacha rivojlanish strategiyasi (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) — JIDU veb-saytidagi maqola

Filmografiyasi




Mukofotlari va yutuqlari



„Taraqqiyot“ istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlash boʻyicha Oʻzbekiston respublika tanlovining „Tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohasidagi eng yaxshi menejer“ nominatsiyasi gʻolibi (2019)

2021-yilda „Inson yuzli kino“ festivali tanlovida,,Eng yaxshi film uchun Gran-pri" nominatsiyasida 3-oʻrin („Olmaning narigi tomoni“ qisqa metrajli filmi)

2021-yilgi „Inson yuzli kino“ festivali tanlovida „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyasi boʻyicha mukofot („Olmaning narigi tomoni“ qisqa metrajli filmi)

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz