Said Seyidov
Said Yusupovich Seyidov (ruscha: Саид Юсупович Сеидов ; turkmancha: Said Ýusupowiç Seýidow; 1962-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — turkman futbol murabbiyi, sobiq sovet futbolchisi. „Ahal“ klubining hozirgi bosh murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
Seyidov Ashxobodda tugʻilgan. Faoliyatini Ashxobodning „Kolxozchi“ klubida boshlagan. Keyinchalik u Oʻzbekiston SSRning „Zvezda Jizzax“ klubida, shuningdek, Turkmaniston SSRning „Kopetdag“, „Ahal“, „Nebitchi“, „Nisa“ va „Turan“ klublarida oʻynagan. Futboldagi faoliyatining koʻp qismini yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
1996-1998-yillarda Buzmeyin FK bosh murabbiyi boʻlgan.
1999-2000-yillarda „Galkan Ashxobod“ klubida katta murabbiy boʻlib ishlagan.
2000-2004-yillarda „Nisa Ashxobod“ klubida katta murabbiy bo‘lgan.
2002-yilda Turkmaniston yoshlar terma jamoasida katta murabbiy sifatida ishlagan.
2003-2004-yillarda Turkmaniston milliy terma jamoasida katta murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati final bosqichiga chiqqani uchun Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan futbol murabbiyi unvoni bilan taqdirlangan.
2005-2006-yillarda Namanganning „Navbahor“ klubida (O‘zbekiston) murabbiy bo‘lib ishlagan.
2006-yil — „Shoʻrtan“ FK (Gʻuzor, Oʻzbekiston) — murabbiy.
2007—2010-yillar „Mashʼal“ FK akademiyasi (Muborak, O‘zbekiston) — bosh murabbiy.
2010-yil — „Nasaf“ FK (Qarshi, Oʻzbekiston) — o‘rinbosarlar jamoasi murabbiyi.
2011-2012-yillar „Shoʻrtan“ (Gʻuzor, Oʻzbekiston) — katta murabbiy.
2014-yil „Buxoro“ klubi (Oʻzbekiston) — bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi.
To‘rt yil davomida 2015-2019-yillar oraligʻida „Köpetdag Ashxobod FK“ bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Ishning birinchi yilidayoq jamoa Turkmaniston Birinchi ligasida g‘olib chiqdi va Yoqari Ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Uning boshchiligida „Kopetdag“ 2018-yilgi Turkmaniston kubogini qo‘lga kiritdi.
2019-yilning 6-avgustida Seyidov „Ashxobod“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2020-yilning iyul oyida u o‘zaro kelishuvga koʻra klubni tark etdi.
2020-yilning 19-avgustida u Yoqari Liga klubi FC Ahal bilan shartnoma imzoladi.
2022-yil 31-mart kuni Seyidov Turkmaniston terma jamoasini boshqardi.
Yutuqlar
FK Köpetdag Ashxobod
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org