Said Rustamov
Said Xurshedovich Rustamov — oʻzbek diplomati. 2019—2023-yillarda Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi elchisi.
Biografiya
1997-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugatgan.
1997—2010 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda.
2010-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tashqi siyosat tahlili va strategiyasi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
2011-2012 — Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi maslahatchisi.
2012-2013 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining ijrochi yordamchisi.
2013-2017 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2017-2018 — Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi.
2018-2019 — O‘zbekistonning Isroildagi elchisi.
2019—2023-yillarda — O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchisi.
2021—2023-yillarda — Oʻzbekistonning Norvegiyadagi elchisi.
Manbalar
uz.wikipedia.org