Said Kamolbiy madrasasi




Said Kamol madrasasi (Said Kamolbiy madrasasi; Kamolxoja madrasasi) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda madrasada Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Tarixi




Madrasa 1864–1865-yillarda Buxoro amirligi poytaxtining Fathullo qoʻshbegi (keyinchalik Said Kamol deb atalgan) guzarida, oʻzbek hukmdori Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida, Mir Sayyid Kamol ibn Mir Abdurasul karvonboshi ismli shaxs mablagʻlari evaziga bunyod etilgan.

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat qozi Sadriddin ibn Mir Bayzo muhri bilan tasdiqlangan.

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng, madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, hozirda unda Amulet nomidagi mehmonxona oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Buxoro shahridagi Koʻkaldosh MFYga qarashli Bahouddin Naqshband nomidagi koʻchada joylashgan.

Meʼmorchiligi



Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan, 19 hujra va darsxonadan iborat.

Manbalar




Havolalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz