Said ibn al-Os




Said ibn al-Os (625-679) - sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid boʻlganidan soʻng (658)
Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, soʻng to umrining
oxirigacha Madinaga voliy boʻlgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan.
Usmon (ra) huzurida boʻlib, Qurʼoni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat
koʻrsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saqlanib qolgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz