Said Husejinović
Said Husejinović (talaffuzi: Said Huseyinovich; 1988-yil 13-mayda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining „Sloboda Tuzla“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Werder Bremen
2008-yilning 1-iyulida „Werder“ „Sloboda Tuzla“ dan Husejinovićni 900 000 yevro evaziga sotib olganini eʼlon qildi. 2009-yil 17-yanvarda Husejinović 1. FK Kaiserslauternga mavsum oxirigachaga ijaraga berildi.
Sarajevo
2012-yil 26-iyulda UEFA Yevropa Ligasi doirasida Bolgariyaning Levski Sofia jamoasiga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi. Bosniyaliklar ikkala oʻyinda umumiy 3:2 hisobi bilan keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Dinamo Zagreb
2012-yil dekabr oyining oxirida SSKA Sofia bilan shartnoma imzolashga yaqin edi, lekin Sofia oʻrniga 2013-yil yanvar oyi boshida Zagrebning Dinamo klubiga oʻtdi. 2013-yilning oktyabr oyida RNK Splitga qarshi oʻyinda jarohat oldi. 2014-yilning mayigacha maydonga tusha olmadi. Jarohatdan soʻng 2015-yilda Zagrebning „Lokomotiva“ klubiga ijaraga berildi va 2016-yilda qisqa muddat Zagrebning „Dinamo“ jamoasida oʻynadi.
Sarajevo
Zagrebda koʻp oʻynay olmaganligi uchun Husejinović klubni tark etdi va sobiq jamoasi Sarajevo bilan shartnoma imzoladi. 2 yildan soʻng 2018-yilda klubni tark etdi.
Sloboda Tuzla
2018-yilning 1-iyulida Husejinović Sloboda Tuzla bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilning 15-iyunida shartnomasi muddati tugaganidan keyin Slobodani tark etdi.
Slobodadagi faoliyati davomida Husejinović 2018—2019-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi va eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilardan biri boʻlgan. Liganing 29 oʻyinida va barcha musobaqalarda 31 oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Tuzla City
2019-yil 17-iyun kuni Husejinović Tuzla City bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Tuzla City safidagi rasmiy debyutini 2019-yil 20-iyul kuni safarda „Zvijezda 09“ga qarshi (1:5) oʻtkazdi. Husejinović „Tuzla City“ safidagi ilk golini liga o‘yinida, 2019-yil 15-sentabrda „NK Široki Brijeg“ga qarshi safarda (1:3) kiritdi.
2019-yil 11-dekabrda Tuzla City va Husejinović shartnomani o‘zaro bekor qilishga qaror qilishdi.
Sloboda Tuzlaga qaytish
2020-yil yanvar oyida Husejinović faoliyatida ikkinchi marta Sloboda Tuzlaga qaytishga qaror qildi. 2020-yilning 12-avgustida „Mladost Doboj Kakanj“ga qarshi liga o‘yinida „Sloboda“ga qaytganidan keyin ilk golini kiritdi.
Xalqaro faoliyati
Husejinović Bosniya va Gersegovina U21 terma jamoasida oʻynagan.Terma jamoasi safida 2008-yilning mart oyida Makedoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Jami 2 ta oʻyinda maydonga tushgan, ammo birorta ham gol urmagan. Terma jamoadagi 2-oʻyini 2008-yil avgustida Bolgariya milliy futbol terma jamoasiga qarshi boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klubda
20-mart, 2021-yil holatiga koʻra[16]
Xalqaro
15-dekabr, 2007-yil holatiga koʻra[16]
Yutuqlari
Werder Bremen Dinamo Zagreb Maʼlumotnomalar
uz.wikipedia.org