Said Ahmad Palanpuriy




Said Ahmad Palanpuriy (shuningdek, Saʼīd Aḥmad Pālanpūrī ) (1940—2020-yil 19-may) hindistonlik sunniy musulmon olimi va muallifi boʻlib, shayx al-hadis va Dorul Ulum Deoband rahbari boʻlib ishlagan. Bir qator kitoblari Dorul ulum Deobandda oʻqitiladi.

Hayoti



Palanpuri 1940-yilda Palanpur shtatidagi Vadgamning Kaleda qishlogʻida tugʻilgan. Mazohir Ulumda tahsil olgan. Soʻngra Dorul ulum Deobandda oʻqib, u yerda anʼanaviy darsi nizomiy tadqiqotlarini tamomladi.

Palanpuri 1965-yilda Randerdagi Jamiya Ashrafiyada oʻqituvchi sifatida ish boshladi. U yerda oʻn yilga yaqin dars berdi. 1973-yilda Manzur Noʻmoniy tavsiyasi bilan Dorul ulum Deobandga muallim etib tayinlangan. 2008-yilda Nosir Ahmad Xonning oʻrniga Shayx al-Hadis lavozimini egalladi va direktor lavozimida ham ishlagan. Dorul ulum Deobanddagi oʻqituvchilik faoliyati 50 yildan ortiq davom etgan.

Pratibha Patil Hindiston Mustaqilligining 64 yilligi munosabati bilan Palanpurini Prezident Faxriy yorligʻi bilan taqdirladi.

Madrasa kengashi sxemasiga munosabat



Palanpuri Hindiston hukumatining Madrasalarda sifatli taʼlim berish sxemasi (SPQEM) muvafaqqiyatsizlik bilan yakunlanadi degan fikrda.

Asarlari



Palanpurining asarlariga quyidagilar kiradi:

Vafoti



Palanpuri qandli diabet bilan kasallangan va Mumbay kasalxonasiga yotqizilgan. 2020-yil 19-mayda (25-Ramazon, 1441-hijriy) kasalxonada vafot etgan. Mumbayning Oshivara shahrida joylashgan qabristonga dafn qilindi. Soʻnggi marosimlariga faqat 15 kishiga ruxsat berildi. Islom ulamolari Abul Qosim Noʻmoniy, Arshad Madaniy, Mehmud Madaniy va Muhammad Sufyon Qosmiy kabilar uning vafotidan qaygʻu bildirishdi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz