SAIC-GM
SAIC General Motors (SAIC-GM nomi bilan mashhur, avval Shanxay General Motors nomlangan) General Motors va SAIC Motor qoʻshma korxonasi boʻlib, u Xitoyda Chevrolet, Buick va Cadillac avtomobillarini ishlab chiqaradi va sotadi.
Tarixi
SAIC-GM 1997-yil 12-iyunda har ikki tomonning 50 % ulushi orqali tashkil etilgan. SAIC-GM 1999-yilda Shanxayda (Xitoy) kompaniyasining birinchi avtomobil, Buick Regalini yigʻishga kirishdi.
2003-yilda Xitoy General Motors uchun ikkinchi yirik yagona bozorga aylandi va 201 188 avtomobillarini sotdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 81,6 % koʻproq edi. Xuddi shu yili SAIC-GM Xitoyda 13 % bozor ulushiga erishdi va Xitoy Volkswagen Guruhdan keyingi ikkinchi xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida. 2004-yilda, kompaniya Buick Sail ishlab chiqarishni toʻxtatib va uning oʻrniga Chevrolet Sailni chiqarishni eʼlon qilgandan savdo tushib ketdi, yangi model 2005-yil fevralgacha kechiktirildi va Xitoy bozorida Shanxay GMning ulushi 7 oʻringa tushub ketdi. SAIC-GMning bozor ulushi yana taxminan 9,8 foizga oʻsdi, bu SAIC-GMning Xitoyda uchta eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlishiga imkon berdi.
2004-yilning iyun oyida Cadillac brendi Xitoyda taqdim etildi, keyin 2005-yilning yanvarida Chevrolet brendi ishga tushirildi.
2005-yil may oyida SAIC-GM oʻzining sharqiy Shanxay Pudong tumanidagi korxonasida yangi „Janubiy zavod“ yigʻish zavodini qurib bitkazdi va yillik ishlab chiqarish quvvati 320 mingta avtomobildan ikki barobardan ziyodni tashkil etdi.
SAIC-GM 2006-yilda Xitoyda eng yirik yengil avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlib, 413400 ta avtomobil sotdi. 2011-yilda SAIC-GM Xitoy bozorida 1200355 ta avtomobil sotdi.
SAIC-GM GMning Xitoydagi eng yirik qoʻshma korxonasi.
2006-yil sentabr oyida, General Motors Chilida
Chevrolet Corsa Plus taqdim qildii, 4-eshikli 1.6l dvigateliga ega Opel Corsa versiyasi, SAIC-GM tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobilning birinchi eksport bozor boʻldi.
2010-yil fevral oyida SAIC 85 million AQSh dollariga qoʻshma korxonada qoʻshimcha 1 foiz ulushini sotib oldi va SAIC-GMdagi SAICning umumiy ulushini 51 % ga oshirish uchun 400 million AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini jalb qilishga yordam berdi.
2012-yil aprelda, GM qoʻshma korxonaning 50 % nazoratiga yana qayta ega boʻldi.
Hozirgi modellari
Sobiq modellari
Sotuv
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org