SAIC Motor
SAIC Motor Corporation Limited (
SAIC , ilgari
Shanxay Automotive Industry Corporation ) — Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi davlat kompaniyasi boʻlib, qarorgohi Shanxayda joylashgan, kompaniya koʻpmillatli operatsiyalarga ega. Fortune Global 100 kompaniyasi va Xitoyning „Katta toʻrtlik“ avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlib (Changan Automobile, FAW Group va Dongfeng Motor Corporation bilan birgalikda), kompaniya 2014-yilda xitoydagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orasida eng katta ishlab chiqarish hajmiga (4,5 milliondan ortiq transport vositalari) ega kompaniyadir. Kompaniyaning ishlab chiqarish mahsulotlari toʻliq isteʼmolchilar extiyojiga moʻljallangan emas, SAICʼning millionga yaqin yengil avtomobillarini tijorat avtomobillari taashkil qiladi.
SAIC kompaniyasining kelib chiqishi 1940-yillarda Xitoy avtomobilsozlik sanoatining dastlabki yillariga borib taqaladi, SAIC Mao XitoyidagiShanxay SH760-ni ishlab chiqaradigan avtomobilsozlaridan biri edi. Hozirgi vaqtda kompaniya Volkswagen qoʻshma korxonasi boʻlgan qadimgi chet el avtomobilsozlik qoʻshma korxonasida ishtirok etadi va 1998-yildan beri General Motorsning 40 foiz aktsiyalariga va bu kompaniya bilan qoʻshma korxonasiga ega. SAIC mahsulotlari turli xil tovar nomlari, shu jumladan qoʻshma korxonalarning sheriklari tomonidan sotiladi. SAICning oʻziga tegishli ikkita taniqli brend bor, bulardan biri bu MG, tarixiy Britaniyalik avtomobil markasi va Xitoyning hashamatli avtomobil markalaridan biri boʻlgan Roewe.
Tarixi
2000-yilgacha kelib chiqishi
Kompaniya Ikkinchi Jahon urushi atrofida bir muncha vaqt Shanxayda tashkil etilgan avtomobil yigʻish zavodidan kelib chiqqan uzoq tarixga ega boʻlsa-da, SAIC, mahalliy raqiblari boʻlgan FAW Group va Dongfeng Motorsdan farqli oʻlaroq, yaqinda Xitoyning avtomobilsozlik sanoatida katta mavqega ega boʻldi. 1970-larda kichik bir kompaniya boʻligan SAIC ning oʻsishiga, nafaqat avtomobillarga boʻlgan ichki talabning oʻsishi bogʻliq bolgan. 1984-yilda Volkswagen bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi, keyinchalik 1985-yil mart oyida xorijiy texnologiyalar bilan raqobatbardosh avtomobillarni ishlab chiqarishga imkon bergan Shanghai Volkswagen Automotive Co Ltd. kompaniyasining rasmiy tashkil etilgan. Shu bilan birga SAIC kompaniyasining ilk muvaffaqiyatlarini Shanxay maʼmurlari tomonidan berilgan koʻrsatmalarning natijasi deb ham qarash mumkin. Boisi shuki, bir vaqtlar SAIC shunchaki Shanxay munitsipal hukumatining kengaytmasi edi. Ushbu ikki sabab va boshqa sabablar natijasida, SAIC jadal suratlarda oʻsishni boshladi. 1996-yilga qadar 11 yil mobaynida kompaniyaning yillik ishlab chiqarish hajmi qariyib oʻn baravarga yaʼni 300 000 donagacha oʻsdi va kompaniya oʻzini Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri sifatida tanildi.
Ushbu davrda SAIC Shanxayda zamonaviy avtomobillarga butlovchi qismlarni noldan boshlab samarali ravishda barpo etdi va mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobilarning soni va sifati sezilarli darajada oshdi. Ilgari, Xitoyda Volkswagen tomonidan ishlab chiqarilgan yiqitiladigan toʻplamlardan (knock-down kits) yigʻilgan avtomobillar Shanxayda ishlab chiqarilgan qismlardan ishlab chiqarilgan boʻlib, shahar 1990—1996-yillarda avtomobil qismlarini ishlab chiqarishga qoʻshgan hissasini bir necha baravarga oshirdi. 1987-yilda Volkswagen Santana avtomobilda mahalliy qismlardan faqatgina shinalar, radio va antenna ishlatilgan boʻlsa 1998-yilga kelib quyidagi avtomobilni ishlab chiqarishda ishlatiladigan komponentlarning 90% dan ortigʻi mahalliylashtirilgan. Shanxay shahar hukumati tomonidan belgilangan maqsad, bu mahalliy extiyot qismlarni ishlab chiqarish sanoatini yaratish, mahalliy hukumatning SAIC ni rivojlantirishga taʼsirining namunasidir.
1997-yil iyun oyida SAIC General Motors bilan birgalikda ikkinchi yirik qoʻshma korxona - Shanxay General Motors Co Ltd ni tashkil etdi. Yangi qoʻshma korxona 1998-yilda oʻz faoliyatini boshladi va 2000-yildan 2004-yilgacha SAIC avtomobillarini ishlab chiqarishni ikki baravar oshirishga yordam berdi. Dastlab, xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish, AQSh Visteon kabi komponentlar yetkazib beruvchilari bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish SAICning muvaffaqiyatiga olib kelishga tasir koʻrsatadi.
2000-yildan 2010-yilgacha
2000-yillarning boshlarida SAIC Koreyada bir necha xaridlarni amalga oshirdi. Kompaniya 2002-yilda GMning Koreyadagi Daewoo avtomobil ishlab chiqaruvchisini sotib olishda ishtirok etdi, yangi tashkil etilgan GM Daewoo kompaniyasining 10 foiz ulushini 59,7 million AQSh dollariga sotib oldi. Bundan tashqari, 2004-yilda u inqiroz xolatida boʻlgan Janubiy Koreyaning SsangYong Motor avtomobil ishlab chiqaruvchisini kompaniyasining 48,9% egalikni bearadigan ulushini sotilb oldi va buning uchun 500 million AQSh dollarini toʻladi. Taxminan shu vaqtga qadar SAIC oʻzining shoʻba korxonalari uchun Shanghai Automotive Group xolding kompaniyasini yaratdi.
Oʻn yillikning oʻrtalarida SAIC Britaniyaning MG Rover avtomobil ishlab chiqaruvchisini sotib olishga urinib koʻrdi, ammo MG Rover 2005-yilda Xitoyning boshqa bir ishlab chiqaruvchisi boʻlmish Nanjing Automobile tomonidan sotib olingan edi. SAIC kompaniyasi Roewe markasi ostida sotiladigan hashamatli sedanlarning yangi qatoriga kiritilgan MG Rover texnologiyasini olishga muvaffaq boʻldi va keyinchalik u yuqoridagi xittoy kompaniyasini ham sotib olishga muvoffaq boʻldi.
2000-yillar oxirida kompaniyaning savdo koʻrsatkichlari sezilarli ravishda oshdi va 2009-yil bu koʻrsatkich 2.72 million doan avtomobilni tashkil etdi, biroq 2004-yilda Koreyaning SUV rusumli avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Ssangyongning ishlari orqaga ketdi. 2009-yilning yanvar oyida, SAIC kompaniyaga qoʻshimcha 45 million dollar sarmoya kiritdi va SsangYong Motor Company Koreyadagi kompaniyaning boshqaruviga topshirildi. 2010-yilga kelib SAIC ning koreys kompaniyasidagi 51.33% ulushi 10% ga qisqartirildi. 2009-yildagi Ssangyongning muvaffaqiyatsizligi, kompaniyaning ishchilari tomonidan uyushtirilgan 77 kunlik oʻtirishni talab koʻrinishidagi namoyishchilari uyushtirgan va ular politsiya tomonidan toʻxtatilgan.
2010 to present
2010-yilda SAIC 3,58 million dona avtomobil vositalari ishlab chiqardi va bu koʻrsatkich oʻsha yili Xitoydagi har qanday avtomobil ishlab chiqaruvchisining koʻrsatkichidan katta edi.
2011-yil fevral oyida SAIC kompaniyasi Maxus rusumidagi tijorat transport vositalarining yangi markasini namoyish etdi.
2011-yil 13-aprelda MG Motor UK Longbridge zavodida ommaviy ishlab chiqarish qayta tiklandi va Buyuk Britaniyada birinchi MG 6 modelli avtomobil ishlab chiqarish qatoridan chiqazildi. Ushbu zavod, ehtimol, Afrika va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻxshash qurilmalar bilan bir qatorda CKD zavodidan biroz kattaroq edi.
2010-yilda SAIC 3,97 million dona avtomobil vositalari ishlab chiqardi va bu koʻrsatkich oʻsha yili Xitoydagi har qanday avtomobil ishlab chiqaruvchisining koʻrsatkichidan katta edi.
2012-yil iyun oyida SAICning AQShda joylashgan Shanxay Automotive Industries Corp USA, Inc. shirkati Michigan shtatining Birmingem shahrida yangi Shimoliy Amerika operatsion markazini ochdi. Ochilish marosimida Michigan gubernatori Rik Snayder, Oklend okrugi ijrochisi L. Bruks Patterson va General Motors va SAIC Motor kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. 30000 kvadrat metrlik uch qavatli inshootda 100 ga yaqin xodimlar joylashadi.
2012-yilda SAIC qariyb 3,5 million dona mahsulot ishlab chiqarib mahalliy raqiblar orasida birinchi oʻrinni saqlab qoldi.
Birlashish va kompaniyaning nomini oʻzgartirish
Bugungi SAIC koʻplab qoʻshilish va korporativ qayta qurish natijasidir. Shanxay ichki yonish dvigatel komponentlari kompaniyasi 1955-yil dekabr oyida tashkil topgan. 1958-yil mart oyida Shanxay ichki yonish dvigatellari tarkibiy qismlari kompaniyasi va Shanxay Powertrain uskunalarini ishlab chiqarish kompaniyasi Shanxay Powertrain Mashinalarini ishlab chiqarish kompaniyasiga birlashtirildi. 1960-yil yanvar oyida Shanxay Powertrain Mashina ishlab chiqarish kompaniyasi Shanxay qishloq xoʻjaligi mashinalarini ishlab chiqarish kompaniyasi deb oʻzgartirildi. 1969-yil aprel oyida Shanxay qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish kompaniyasi Shanxay traktor sanoat kompaniyasi deb oʻzgartirildi. Shanxay Avtomobil va Traktor Kompaniyasi 1984-yil iyul oyida tashkil topgan. 1990-yil mart oyida Shanxay avtomobil va traktor kompaniyasi Shanxay avtomobilsozlik korporatsiyasi deb oʻzgartirildi. Shanxay Avtomobilsozlik korporatsiyasi (Group) 1995-yil sentabr oyida tashkil etilgan.
Operatsiyalar
Markalar
SAIC transport vositalarini turli markalar ostida sotadi. SAICga xos boʻlgan markalar qatoriga Maxus, MG, Roewe, va Yuejin kiradi. SAIC qoʻshma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Baojun, Buick, Chevrolet, Iveco, Shkoda, Volkswagen, va Wuling singari markalarda sotiladi.
Mahsulotlar
Maksus MG Avtomobillari Roewe Qoʻshma korxonalar
SAIC, Xitoyda ishlab chiqariladigan va sotiladigan General Motors va Volkswagen kabi yirik xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Xitoy-xorijiy qoʻshma korxonalar qatorida, SAIC quyidagi xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan qoʻshma korxonalarda ishtirok etadi:Nanjing Iveco Avto Co Ltd bilan („Yangi Naveco“) oʻz ichiga Iveco oladi, SAIC Iveco Hongyan, SAIC-GM-Wuling avtomobil, Shanghai Volkswagen avtomobil, Shanghai General Motors korporatsiyasi, Shanghai Sunvin Volvo bilan birgalikda, va SAIC - Choren Pokphand Tailanddagi filiali uchun.
Ishlab chiqarish obyektlari
SAIC Xitoyda koʻplab ishlab chiqarish obyektlariga ega, jumladan: Chongqing, Liujou, Qingdao, Shanxay, Shenyang va Yantay. Uning Buyuk Britaniyada yigʻish zavodi, Longbridj zavodi, Chonburi (Tailand) va Halol (Hindiston) da zavodi bor.
Tadqiqot va ishlanmalar (R&D)
SAIC Buyuk Britaniyadagi yirik ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqish markazi - SAIC Motor UK Texnik Markaziga ega, uning markazida 2012-yilga kelib 275 muhandis va 25 dizayner ishlaydi. Buyuk Britaniya Texnik Markazi MG avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha dunyodagi eng asosiy joy hisoblanadi va u Roewe mahsulotlarini ishlab chiqishda katta rol oʻynaydi.
2019-yil iyun oyida SAIC Motor oʻzining Buyuk Britaniyaning Texnik markazini yopdi va natijada 300 dan ortiq muhandislar ishdan boʻshatildi.
Izohlar
uz.wikipedia.org