Sai Pallavi




Sai Pallavi Senthamarai (talaffuzi: "Sai Pallavi Senthamarai", 1992-yil 9-mayda tugʻilgan) — hind aktrisasi va raqqosa, telugu, tamil va malayalam filmlarida ishlaydi. U Premam (2015) va Fidaa (2017) filmlaridagi ijrosi uchun Filmfare va bir qancha mukofotlar sohibi. U Forbes jurnali tomonidan 2020-yilda Hindistonning 30 yoshgacha boʻlgan aktrisalar ichidan 30 nafardan biri sifatida tan olingan. Uning muvaffaqiyatli filmlari orasida Middle Class Abbayi (2017), Maari 2 (2018), Love Story (2021) va Shyam Singha Roy (2021) filmarini uchratish mumkin.

Erta hayoti va taʼlimi



Sai Pallavi 1992-yil 9-mayda Badaga oilasida Tamilnadu shtatining Koimbatore shahrida tugʻilgan. Uning tugʻilgan shahri Nilgiris tumanidagi Kotagiri hisoblanadi. Senthamarai Kannan va Radha oilasida tugʻilgan, uning Puja ismli singlisi bor. U ham aktrisa. Singlisi Koimbatoreda oʻsgan va Avila monastir maktabida taʼlim olgan.

2016-yilda Hindiston Tibbiyot Kengashi tomonidan tan olingan Tbilisi Davlat Tibbiyot Universitetini tugatganiga qaramay, u hali Hindistonda shifokor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan. U 2020-yil 31-avgust kuni Trichi shahrida xorijiy tibbiyot bitiruvchilari imtihonini (FMGE) topshirdi. Pallavi tamil, ingliz, hind va gruzin tillaridan tashqari oʻz ona tilida Badaga tilida ravon gapira oladi. Bundan tashqari kinodagi karerasidan soʻng Malayalam, Kannada va Telugu tillarini oʻrgandi.

Faoliyati



Raqs faoliyati



Pallavi bergan intervyusida, raqqosa boʻlmasa ham har doim raqsga tushishni xohlayotganini aytdi. U maktabda bir nechta madaniy tadbirlarda qatnashib, raqqosa sifatida mashhurlikka erishdi. Onasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan raqsga boʻlgan ishtiyoqi tufayli u 2008-yilda Vijay TVda Ungalil Yaar Adutha Prabhu Deva raqs realiti-shousida ishtirok etgan va 2009-yilda ETV da Dhee Ultimate Dance Show finalchisi boʻlgan.

Kino faoliyati




Erta ish (2005—2009)
Pallavi Kasthuri Maan (2005) va Dhaam Dhoom (2008) filmlarida yosh aktrisa sifatida nomaʼlum rollarda paydo boʻldi.

Debyut, yutuq va tanqidiy eʼtirof (2015—2016)
2014-yilda u Gruziyaning Tbilisi shahrida tahsil olayotganida rejissyor Alphonse Puthren unga oʻzining „Premam“ filmida Malar rolini taklif qildi. U filmni taʼtilda suratga oldi va suratga olish ishlari tugagach, oʻqishga qaytdi. Filmda Malar rolini ijro etdi. Oʻsha yili u bir nechta „Eng yaxshi ayol debyuti“ mukofotlarini qoʻlga kiritdi, shu jumladan Filmfare mukofoti „Eng yaxshi ayol debyuti“ni ham.

U oʻzining 2016-yil mart oyida chiqqan „Kali“ nomli filmida rol oʻynash uchun oʻqishdan bir oylik tanaffus oldi. Eri haddan tashqari gʻazabli boʻlgan yosh xotin — Anjali rolini oʻynadi va Filmfare mukofotiga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida nomzod boʻldi.

Filmografiyasi



Filmlar




Televideniye




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz