Sai Lokur
Sai Lokur - hind kino aktrisasi. U oʻsmirlik paytidayoq bolalar aktrisasi sifatida „Kuch Tum Kaho Kuch Hum Kahein“ hind filmida debyut qildi. U "Kis Kisko Pyaar Karun"da Kapil Sharma bilan birga rol ijro etdi va ushbu roli bilan mashhur boʻldi. U Bigg Boss Marathi 1 shousida mashhur boʻldi. 2015-yilda „Kis Kisko Pyaar Karoon“ filmida Anjali rolini ijro etib tanqidchilarning eʼtiboriga tushgan. U kinodagi faoliyatini uzoq davom ettirmadi. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra uning karyerasining toʻxtashiga oilaviy sabablar koʻrsatilgan.
Aktrisa 2020-yil 30-noyabrda IT mutaxassisi Tirthadeep Royga turmushga chiqdi va hozirgi kunda ham birga yashashadi.
Yoshlik yillari
Sai Lokur - Belgaumda tugʻilgan mashhur marath kino aktrisasi. U Belgaumning Karnatakasida tugʻilgan va ulgʻaygan.Hozirgi kunda Bombeyda yashamoqda. U 1989-yil 5-sentabrda kinematogriflar oilada tugʻilgan. Onasi Vina Lokur, taniqli produser va rejissor. U oʻzi tugʻilgan shahri Belgaumda Sunflower Nursery nomli maktabda taʼlim olishni boshlagan va keyin ilohiyotdan taʼlim olish uchun Providence monastirining oʻrta maktabiga borgan. U shtatdagi eng katta kollejiga oʻqishga kirdi.
Bolaligidanoq u aktyorlik va raqsga koʻproq qiziqdi. Shuning uchun u turli xil spektakllar va shoularda rol ijro etib qatnashishdan tashqari, xuddi shu sohasi uchun taʼlim oldi. Aktrisalikdan tashqari, u yaxshi sportchi. U turli xil suzish musobaqalarida qatnashgan va ushbu sport bilan bogʻliq turli klublar bilan hamkorlik qilgan. Uning aktyorlik debyuti onasi Vina Kokurning va Mohan Joshi, Sharad Ponkshe kabi aktyorlar bilan birgalikda rejissorlik qilgan film bilan boshlandi. Ushbu „Mission Champion“ filmi bir nechta mukofotga sazovor boʻldi.
Filmografiyasi
Televizion seriyallarda
Veb-seriyallarda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org