Sahyadri




Gʻarbiy gat togʻlari , Gʻarbiy Ghota togʻlari, Sahyadri — Hindiston yarim oroldagi togʻlar, Hindiston hududida. Dekan yassitogʻligining chekka gʻarbiy, baland qismi. Uz. 1800 km chamasida. Eng baland joyi 2698 m (Anaymudi choʻqqisi). Asosan, gneys va bazalt jinslardan tuzilgan. Gʻarbiy yon bagʻri Arabiston dengiziga zina-poyalar hosil qilib tushgan, sharqiy yon bagʻri Dekan yassitogʻligi tomon pasayib boruvchi qiya tekislik. Jan,da Nilgiri, Anaymalay, Kardamon togʻlari bor. Shimoliy qismi qirlardan iborat. Ikdimi subekvatorial, mus-sonli. Shamolga roʻpara yon bagʻirlarida yillik yogʻin 2000—5000 mm, shar-qida 600—700 mm. Gʻarbida doim yashil sernam va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar, sharqida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Milliy bogʻlar tashkil etilgan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz