Sahobiddinov Siroj Sahobiddinovich
Siroj Sahobiddinovich Sahobiddinov (1906 — Toshkent — 1994) — botanik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), professor (1958). Leningrad universitetini tugatgan (1932). Oʻrta Osiyo universiteti biologiya fakulteti assistenta (1932—36), dotsenti (1936-yildan). Oʻzbekistonning oʻsimlik boyliklarini qidiruv ekspeditsiyasi boshligʻi (1932—49), Andijon oʻqituvchilar instituti tabiiyot kafedrasi mudiri (1940—46), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida katta ilmiy xodim (1946—50), Fargʻona pedagogika instituti botanika kafedrasi mudiri (1950— 1984). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo yovvoyi dorivor oʻsimlari hamda oʻsimliklar sistematikasiga oid. Botanika germinlarini ilmiy asosda ishlab chiqishga muayyan hissa qoʻshgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org